Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga shaxs va narsalarning biror shaxsga qarashli bo‘lishi haqida tushuncha berish orqali egalik qo‘shimchalaridan og‘zaki va yozma nutqda savodli foydalana olish malakalarini shakllantirish.
FK1:otning egalik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish.
TK2:darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish;
rivojlantiruvchi : o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar bilan boyitish.
FK2: ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay olish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila olish. TK2:media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalani shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat ,tushuntirish, “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” metodi.
Darsning jihozlari: tarqatma materiallar, jadvallar, rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Jahl dushmani – sabr.
|
173-mashq asosida ”Ona-tilim –jonu dilim” mavzusida 4-5 ta gapli matndagi egalik qo‘shimchalari tekshiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni
O‘qituvchi yangi mavzuni boshlashdan avval eshituv diktant o‘tkazadi. O‘quvchilar eshitgan so‘zlarni esda saqlaydilar. Ichlarida bo‘g‘inga bo‘lib yozadilar.
Ko‘nglim, etigim, bayrog‘imiz, bulog‘i, bilagi, shahrimiz, o‘g‘lim, qorning.
-Egalik qo‘shimchalarini ayting.
-Egalik qo‘shimchalari shaxs va narsalarning qaysi shaxslarga tegishliligini bildiradi.
-Egalik qo‘shimchalari undosh tovush bilan tugagan so‘zlarga qanday shaklda qo‘shiladi?
174 mashq matni asosida doskaga chizmali ko‘rgazma ilinadi.
O‘quvchilarda burun so‘zida nechta tovush va nechta harf borligi aniqlatiladi. Unga -im egalik qo‘shimchasi qo‘shtiriladi: burun+im. So‘ng hosil bo‘lgan so‘z talaffuz qildiriladi. Asosdagi qaysi tovush aytilmayotgani va eshitilmayotgani so‘raladi.
Burnim so‘zining asos va qo‘shimchalari belgilatiladi: burnim . Asosdagi u tovushi -im egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tushib qolishi tushuntiriladi. Qolgan so‘zlarni o‘quvchilarning o‘zlari izohlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |