Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet189/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Namuna:

Bilaman

Bilib oldim

Bilishni xohlayman

1.Narsa va shaxsning sanog‘ini bildiradi.
2.Nechta? qancha? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Son-so‘z turkumi ekanligini bilib oldim.

Rim raqamlarida tug‘ilgan yilimni yozilishini bilishni xohlayman.

V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa..



2 -topshiriq.316-mashq. Gaplar bittadan, qo‘yish uchun so‘zlarni hammasi chiqadi.
Chiziqchalar o‘rniga sanalarni mosini qo‘yib gapni qayta o‘qing.

316- mashq sharti o‘quvchilarga o‘qitiladi. Chiziqchalar o‘rniga qo‘yiladigan so‘zlar savol-javob yo‘li bilan aniqlanadi. Chiziqchalar o‘rniga sanalarni qo‘yib, matnni qayta o‘qish vazifasi tushuntiriladi.
Sanalarni qo‘yib, matnni ko‘chirish, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni aytish vazifasi beriladi.O‘qituvchi savol beradi.
-Vatanimizga sodiq farzand ekanligingizni qanday isbotlashingiz mumkin? (Kattalarni hurmat qilishimiz, a’lo baholarga o‘qishimiz, Vatanimiz chegaralarini qo‘riqlashimiz Ona-Vatanga sodiqligimizni bildiradi.)
— Vatanimizda ro‘y bergan muhim voqealarni yodda saqlashimiz ham sodiqlik belgisi bo‘la oladimi? (Bo‘la oladi.)
— Hozir bu borada bilimlaringizni sinab ko‘ramiz. Mustaqillikni qachon qo‘lga kiritdik? (1991- yil 1- sentabr—Mustaqillik kuni.)
— Davlat bayrogi‘ qachon qabul qilingan? (1992- yil 18- noyabr-da Davlat bayrog‘i haqidagi qonun tasdiqlangan.)
— Davlat gerbi-chi? (1992- yil 2- iyulda Davlat gerbi haqidagi qonun tasdiqlangan.)
— Konstitutsiyamizga qachon ega bo‘ldik? (1992- yil 8- dekabrda o‘zimizning Konstitutsiyamizga ega bo‘ldik).
— Davlatimiz madhiyasini qachondan kuylay boshlaganmiz? (1992- yil 10- dekabrdan davlatimiz madhiyasini kuylay boshlaganmiz).
O‘quvchilar javoblari asosida chiziqchalar o‘rniga sanalarni qo‘yib matnni yozadilar. Nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni aniqlaydilar. Darslikdagi matn bilan o‘zlari tuzgan matnni solishtiradilar va mazmunan to‘liq ifodalangan matnni (o‘zlari tuzgan matn) aytadilar.


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling