tarbiyaviy: o‘quvchilarni nonni uvol qilmaslik ruhida tarbiyalash; TK5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda zukkolik, topqirlik, hozirjavoblik tuyg‘usini rivojlantirish. FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish darsi.
Dars metodi: suhbat, “Yod yozuv” diktanti,”Kim ko‘p maqol biladi?” ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
H usnixat daqiqasi:
Sen doim odobli va bilimli bo‘l!
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan 343-mashq o‘quvchilardan yoddan so‘raladi. “Yod yozuv” diktanti o‘tkaziladi. O‘quvchilar daftarlariga 343-mashqda berilgan she’rni yoddan yozadilar.
O‘qituvchi ekranda she’rni ko‘rsatadi, o‘quvchilar o‘zlari yozgan diktantlarini tekshiradilar. She’rdan xulosa qilinadi. Onalar bizni tarbiyalab, voyaga yetkazishini, onalar uyimiz quyoshi ekanligini tushuntiradi.
Munavvar so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toptiriladi.
Munavvar – charog‘on, yorug‘.
III.Yangi mavzu bayoni.
O‘qituvchi yangi navzuni qoida yozilgan jadval asosida tushuntiradi. Men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlaridir. Ular shaxs-sonda, ko‘plik, birlikda kelishiaytib o‘tiladi.
Qoida o‘quvchilarga o‘qitiladi.
Darslik bilan ishlash. 344-mashqda berilgan matn o‘quvchilarga o‘qitiladi. Matn yuzasidan quyidagicha savol-javob o‘tkaziladi:
-Qosim bobo nimani ko‘rib qoldi?
-Nimaga boboning qoshlari chimirildi?
- Zokir o‘z aybini tushundimi?
“Bo‘tam, men egilganim yo‘q, non ushoqlariga ta’zim qilyapman” –deganda nimani tushundingiz?
O‘quvchilar javobi tinglanadi, matnning tarbiyaviy tomoni ochiladi. O‘quvchilarni nonni uvol qilmaslikka o‘rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |