50
Darsning mavzusi: So‘z turkumlari (136-139- mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: so‘roqlar yordamida, so‘z ma’nolari asosida turkumlarga ajratish malakalarini rivojlantirish; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalash, so‘z turkumlarini farqlash, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay olish,
tarbiyaviy: o‘quvchilarda o‘z vatandoshlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini tarbiyalash; TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; TK6: kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish;
rivojlantiruvchi: so‘z turkumlaridan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish; TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay olish, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
H usnixat daqiqa:
Kun-u tun yuradi,
Bitta joyda turadi. (Soat)
|
O‘tilgan mavzu yuzasidan quyidagi savollar beriladi:
So‘zning asosi nimani ifodalaydi?
Qo‘shimchalar nima uchun so‘s yasovchi va so‘zlarni bog‘lovchi deb turlarga ajratiladi?
Tilda so‘zlar qanday ko‘payadi?
|