IV. Darsga yakun yasash va baholash.
Gaplar nimalardan tuziladi?
Gapda so‘zlarni nimalar bir-biriga bog‘laydi?
Yangi ma’nodagi so‘zlarni qaysi qo‘shimchalar yasaydi?
So‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimcha qanday vazifa bajaradi?
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi.
V. Uyga vazifa.
131-mashq sharti tushuntiriladi. Nuqtalar o‘rniga tushirib qolirilgan qo‘shimchalarni qo‘yib, matnning birinchi xatboshini ko‘chiradilar. So‘zlarni bog‘layotgan qo‘shimchalarni tegishlicha belgilaydilar.
47
Darsning mavzusi: So‘z tarkibi. (132-134-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning so‘z tarkibi, asos, qo‘shimchalar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, asos va qo‘shimchalarni belgilashni esga solish; FK1: so‘z, uning tarkibiy qismi, asos va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlarini farqlash;
tarbiyaviy: maqollar orqali o‘quvchilarda shirinso‘zlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat kabi fazilatlarni kamol toptirish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; TK5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |