Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet67/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

H usnixat daqiqa:
Yolg‘onchiga ishonch yo‘q.

Eshituv diktanti.
O‘qituvchi so‘zlarni aytadi. O‘quvchilar bu so‘zlarni eslab qolib, ichida bo‘g‘inlarga bo‘lib, diktantni yozadilar.
Maktub, texnika, mutaxassis, tuhfa, hosil.
O‘qituvchi o‘quvchilar diktantni yozib bo‘lishgach, so‘zlarni doskaga yozadi. O‘quvchilar yozganlarini doskaga qarab tekshiradilar.
III. Mustahkamlash.

  • Sinf deganda nimani tushunasiz?

  • Sinfdosh deganda-chi?

  • Sinfdosh so‘zining asosini ayting.

  • -dosh qo‘shimchasi qanday vazifa bajaradi?

Shu tartibda o‘qituvchi o‘rikzor, hosildor so‘zlarini so‘z tarkibini tahlil qildiradi.

  • -dosh, -zor, -dor qo‘shimchalari qanday qo‘shimchalar deyiladi?

Darslik bilan ishlash.
Mashq multimedia ilovasi asosida bajariladi.

1 -topshiriq.
125-mashq. Hikmatlarni o‘qib, ajratilgan so‘zlarni so‘z tarkibi jihatdan tahlil qiladilar.

  • tuman, og‘och so‘zlari tilda hozir ishlatiladimi?

  • Orzu og‘ochi iborasi qanday ma’noda qo‘llangan.

Topshiriqni bajarish uchun matn ostiga yarim oval, yarim uchburchak, yarim to‘rtburchak shakllari beriladi. Ajratilgan so‘zlar tegishlicha belgilanadi.
125-mashq matni yuzasidan suhbat.

  • 125-mashqda kimlarni hikmatli gaplari berilgan?

  • Yusuf Xos Hojibning qanday asari bizgacha yetib kelgan?

  • Abdurahmon jomiy kim edi?

  • Beruniyning hikmatli gaplari bizlarni nimaga chaqiradi?

  • Yusuf Xos Hojib kam so‘zla deb nimani uqtirmoqchi?

  • Jomiy aytgan hikmatni izohlab bering.

126-mashq. O‘quvchilar matnni o‘qiydilar.

  • Matn nima haqida ekan?

  • Kitob bizga nima bo‘lishi mumkin

  • Kitob bizni qanday kishi bo‘lishimizga yordam beradi?

  • Kitobxon deb kimni aytamiz?

  • Matndagi asosdosh so‘zlarni toping va yozing.

  • Siz qanday kitoblar o‘qigansiz?

  • Hozir qanday badiiy asar o‘qimoqdasiz?




2-topshiriq.
Har bitta so‘z uchun bir xil qo‘shimchalar beriladi. O‘quvchilar qo‘shimchalarni mosini belgilab, asosdosh so‘zlarni tuzishlari lozim.

127-mashq. Kichik guruhlarga quyidagi tarqatmalar tarqatiladi. Belgilangan vaqt ichida berilgan qo‘shimchalar bilan eng ko‘p so‘z yasagan guruh g‘olib sanaladi.
Tuzilgan ayrim so‘zlar doskaga yozdirilib, asos va so‘z yasovchi qo‘shimchasi tegishlicha belgilanadi. Namuna asosida boshqa so‘zlar ham shu ratiqa bajariladi.


Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling