IV. Darsga yakun yasash va baholash.
So‘zlar qanday qismlardan tuziladi?
So‘zning ma’noli qismlariga nimalar kiradi?
Asosdash so‘zlarga ta’rif bering.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
128-mashq. Maqol va hikmatlar ko‘chirib, ma’nosini bilib olish tipshirig‘I beriladi.
46
Darsning mavzusi: So‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar (129-131-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning so‘z tarkibi, asos, qo‘shimchalar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash, asos va qo‘shimchalarni belgilashni esga solish; FK1: so‘z, uning tarkibiy qismi, asos va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlarini farqlash;
tarbiyaviy: topishmoqlar yordamida hozirjavoblik hislatlarini tarbiyalash; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish;
TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |