Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, ta’limiy o‘yin, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqa:
Alifbo nima uchun kerak?
|
Uyga berilgan vazifani so‘rash: alifboni yod ayttiriladi.
Harflarning tartib bilan joylashishi nima deb ataladi?
Alifboni yod olish nima uchun kerak?
III. Mustahkamlash.
1 -topshiriq.
Topshiriqni bajarish uchun so‘zlar qatori ostiga lug‘at hosil qilishga 3 ustun 4 qator beriladi. O‘quvchilar so‘zlarni alifbo tartibida ajratilgan ustunchalarga joylaydilar.
|
Darslik bilan ishlash
121-mashq. O‘quvchilar berilgan so‘zlarni alifbo tartibida joylashtirib, lug‘atcha tuzidilar.
Asbob, maqsad, haykal, sahifa, iqtisod, va’da, foyda, xulq.
Lug‘atcha tuzishda nimaga e’tibor berdingiz?
So‘zlarning yozilishini yodda tuting.
Sahifa, iqtisod so‘zlariga ma’nodosh so‘zlar toping.
122-mashq. Sinfingizdagi o‘g‘il va qiz bolalarning ismidan lug‘atcha tuzib yozing.
Ismlar qanday harf bilan yoziladi?
Ismingizning ma’nosini bilasizmi?
123-mashq. She’rni ifodali o‘qing.
Hikmatdagi ma’nosi tushunarsiz so‘zlarning lug‘atini tuzing.
ato – ota
jism – tanangni, joningni
nurposh – nurli, yorug‘
xat – qadam
chekma - chiqma
Do'stlaringiz bilan baham: |