Saylanma diktant.
Bo‘g‘in ko‘chirishga ko‘ra bo‘laklarga ajratilmaydigan so‘zlarni yozing. Gul, ustun, ona, qalam, bino, oila, aka, a’lo, ota, maktab.
III. Mustahkamlash.
Darslik bilpan ishlash.
Bo‘g‘in haqidagi o‘quvchilar bilimi eslatiladi. So‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishi suhbat vositasida eslatiladi. Bo‘g‘in unli tovushlar asosida hosil bo‘ladi. Har bir bo‘g‘inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.
109-mashqdagi so‘zlar o‘quvchilarga o‘qitiladi. So‘zlarning yozilishini eslab qolish uqtiriladi.
O‘qituvchi aytib turish jarayonida, o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga ko‘ra bo‘laklarga bo‘lib yozadilar.
Tongi — tonggi so‘zlarining ma’nosini tushuntiring. (Mustaqillik tongi, tonggi shabada.)
110-mashq matn yuzasidan suhbat.
Matnda nima haqida hikoya qilinadi?
Qadimgi davrda odamlar dastlab yon atroflariga nimalar ekishgan?
Istirohat bog‘ining qadimgi ko‘rinishi qanday edi?
Dunyoning yetti mo‘jisasidan biri nima?
Samoviy bog‘ kimga tegishli edi?
Matn nechta gapdan tuzilgan?
Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping.
1 -topshiriq.
111-mashqdagi gullarning nomini o‘rniga rasmlari namoyish etiladi.
Rasmli diktant o‘tkaziladi. Gul nomlarining bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga mos holda ajratib yozish topshirig‘i beriladi.
|
2 -topshiriq.
Berilgan so‘zlarni tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |