IV. Darsga yakun yasash va baholash.
Bo‘g‘in yuzasidan suhbat.
─ So‘z nimalardan tuziladi?
─ Qaysi tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi?
─ Bo‘g‘inda nechta tovush bo‘lishi mumkin?
─ So‘zlar bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga qanday ko‘chiriladi? O‘quvchilar javobi umumlashtiriladi.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
112- mashq. „Charxpalak" she’rini ifodali o‘qing.
41
Darsning mavzusi: Tutuq belgisi va bo‘g‘in ko‘chirish. (113-116-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning tutuq belgili so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzi va yozilishi, uning so‘z ma’nosini farqlashdagi vazifasi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash; FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiatni sevish va una asrab-avaylash ruhida tarbiyalash; TK3: kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
TK4: o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; TK5: milliy qadriyatlarni bilish;
rivojlantiruvchi: og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, bolalar nutqini yangi so‘zlar bilan boyitish; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish.
Darsning turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |