9-sinflar uchun “Nuklein kislotalar” mavzusida bir soatlik


Download 128 Kb.
bet1/9
Sana28.02.2023
Hajmi128 Kb.
#1235866
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ishbayeva Dilnoza Dars ishlanma nuklein kislotalar


O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

SURXONDARYO VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
ANGOR TUMAN
22-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
BIOLOGIYA fani o’qituvchisi
ISHBAYEVA DILNOZAning
9-sinflar uchun “Nuklein kislotalar” mavzusida bir soatlik


12.12.2022 yil
Dars mavzusi: Nuklein kislotalar
Texnologik xarita

Mavzu

Oqsillar va nuklein kislotalar

Maqsad va vazifalar

Maqsad: oʻquvchilarga oqsillar va nuklein kislotalar haqida ma’lumot berish, idrok etishga oʻrgatish, aminokislotalar, oqsillarning funksiyalari, nuklein kislotalarning tuzilishi, DNK va RNKni bir-biridan farqlay olish, tahlil qilish, ifodalay olish kompetensiyasi, ularda sodir boʻladigan hodisa va jarayonlarni izohlash kompetensiyasini shakllantirish.
Vazifalar: Oʻquvchilarda mavzu yuzasidan qiziqish uygʻotish, oʻqruvchilarni ezgulik, doʻstlik, adolatlilik ruhida tarbiyalash insonlarni sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligini ularning ongiga singdirish, ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ekologik, iqtisodiy, estetik tarbiya berish.

Oʻquv jarayonining mazmuni

Oqsillar va nuklein kislotalar haqida ma’lumot berish, tuzilishini va funksiyalarini oʻrganish, DNK va RNKni bir-biridan farqlay olish qobiliyatini shakllantirish.

Oʻquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: ma’lumot berish, ma’ruza, Venn diagrammasi, suhbat, test, biologik diktant, Modul texnoliyasi, strelka usuli, “Toʻgʻri-notoʻgʻri” oʻyini
Shakl:aqliy hujum, guruhlarda ishlash
Vosita: tarqatma materiallar, slaydlar, rasmlar, ragʻbatlantiruvchi kartochkalar
Usul: noan’anaviy
Nazorat: ogʻzaki nazorat, savol-javoblar, oʻz-oʻzini nazorat qilish
Baholash: ragʻbatlantirish, besh balli tizim asosida baholash

Kutiladigan natijalar

Oʻquvchilarni mustaqil fikrlarga oʻrgatadi, tasavvuri kengayadi va xotirasi mustahkamlanadi. Oʻquvchilarda fanga oidjihatlarni kuzatish, tahlil qilish va ifodalay olish, kommunikativ axborotlar bilan ishlash, oʻz-oʻzini rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantiriladi.

Kelgusi rejalar

Oʻqituvchi: yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, pedagogik mahoratni oshirish, mavzu boʻyicha amaliy ishlashni oʻrganish.



Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling