9-sinflar uchun “Nuklein kislotalar” mavzusida bir soatlik
Download 128 Kb.
|
Ishbayeva Dilnoza Dars ishlanma nuklein kislotalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- RNKning tuzilishi
DNKning tuzilishi. DNK molekulasi birgalikda o‘ng tarafga buralib, qo‘sh spiral hosil qiluvchi ikkita polinukleotid zanjirlardan iborat. Bu zanjirlar bir-biriga antiparallel bo‘lib, biri 3´ uglevod bilan boshlanib 5´ uglerod bilan tugallansa, ikkinchisi 5´ uglerod bilan boshlanadi va 3´ uglerod bilan tugallanadi. Purin va pirimidin asoslari spiral ichida joylashadi.
Bir zanjirning purin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri bilan vodorod bog‘i orqali bog‘lanib komplementar juftlarni hosil qiladi. Adenin va timin o‘rtasida ikkita vodorod bog‘i hosil bo‘lsa, guanin va sitozin o‘rtasida uchta vodorod bog‘i hosil bo‘ladi. Azotli asoslarning komplementarlik qonuniyatlari E.Chargaff qoidasida aks etgan: 1. Purin asoslarining soni pirimidin asoslari soniga teng. 2. Adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar soni sitozinlar soniga teng: A=T, G=C 3. Adenin va guaninlar sonining yig‘in disi sitozinlar va timinlar sonining yig‘indisiga teng: A+G=T+C Azotli asoslar komplementarligi DNK ning irsiy axborotni saqlash va nasldan naslga o‘tkazish vazifasining kimyoviy asosi hisoblanadi. Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlangandagina irsiy axborot nasldan naslga xatosiz o‘tkaziladi. RNKning tuzilishi. RNK molekulasi bitta polinukleotid zanjiridan iborat. Tuzilishi, molekulasining katta-kichikligi, hujayrada joylashishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra 3 xil RNK farq qilinadi. Informatsion RNK (i-RNK) oqsilning strukturasi haqidagi genetik axborotni yadrodan ribosomalarga yetkazadi. Ribosomal RNK (r-RNK) ribosomalarning tarkibiga kiradi, yadroda xromosomaning yadrocha hosil qiladigan qismida sintezlanadi. Transport RNK (t-RNK) yadroda hosil bo‘ladi, aminokislotalarni biriktirib ribosomaning polipeptid zanjiri yig‘iladigan joyga – ribosomaga yetkazadi. t-RNK «beda bargi» deb ataluvchi ikkilamchi struktu ra ga ega. t-RNKning mo lekulasida ikkita faol qismi bo‘lib, ulardan biri antikodon tripleti va ikkin chisi akseptor uchi. Antiko don tripleti, i-RNKning kodoniga komplementar. Akseptor uchiga aminokislotalar birikadi. Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling