‒ Vatanimizni qanday so‗zlar bilan madh etsak bo‗ladi?
‒ Serquyosh, chamanzor, go‗zal, keng, bepoyon, oltinga kon.
‒ Vatanimizni ulug‗lash uchun nimalar topdik? So‗zlar.
‒ Topgan so‗zlaringizdan gaplar tuzing-chi.
‒ Paxta milliy boyligimiz. Xalqlar tinch-totuv yashaydilar. Navoiy — g‗azal mulkining
sultoni.O‗zbekistonning o‗z bayrog‗i, tamg‗asi, madhiyasi bor. Shahar va qishloqlari go‗zal
va h. k. O‗quvchilar tuzgan gaplardan matn tuzish ham mumkin.
Darslikdagi 1-mashq asosida yangi mavzu quyidagicha tashkil etiladi.
Matn ifodali o‗qitiladi.
Matn o‗qib bo‗lingach quyidagi savol-javob o‗tkaziladi
1. Matn nima haqida ekan?
2. Matnda nechta gap bor?
3. Gaplar qanday mazmunni bildiryapti?
Matndagi oxirgi gapni daftarlariga ko‗chirib olish topshirig‗i beriladi.
Lug„at ishi:
Do'stlaringiz bilan baham: