Ona tili 7”V”- 05. 09. 18. Mavzu: Til va nutq
Download 18.92 Kb.
|
1-dars Ona tili 7”V”- 05.09.18. Mavzu: Til va nutq I.Darsning maqsadi: 1.Ta`limiy maqsad-o`quvchilarga o`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq ,tushunarli bayon qila olishni o`rgatish 2.Tarbiyaviy maqsad- o`quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish. 3.Rivojlantiruvchi maqsad-o`quvchilar savodxonligini o`stirish, zehn va sinchikovlik qobilyatlarini rivojlantirish. II.Kommunikativ, axborot bilan ishlash va shaxs sifatida o`z-o`zini rivojlantirish, umummadaniy kompetensiyalarining komponentlarini shakllantirish: O`z fikrini og`zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish; Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to`g`ri qo`ya olish va javob berish; O`zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish; Shaxsning kamolotga intilishi va o`zini nazorat qilishi. III.Darsning turi:aralash. IV.Darsning metodi: tushuntirish,aqliy hujum,savol-javob,musobaqa,mashqlar ishlash. V.Darsning jihozi: darslik, tarqatmalar,ko`rgazmali qurol, rag`bat kartochkalari. VI.Darsning bosqichlari: 1.Tashkiliy qism. 2.Otilgan darsning tahlili. 3.Yangi mavzuning bayoni. 4.Mavzuni mustahkamlash. 5.O`quvchilarni baholash. 6.Uyga vazifa.
1.Tashkiliy qism-salomlashish, davomatni aniqlash,xona tozaligini nazorat qilish. 2.O`tgan darsning tahlili. 1.O`zbek tilida nechta so`z turkumi mavjud? 2.Gap bo`laklari nima? 3.Yordamchi so`z turkumlarini sanab bering. 4.Kelishik va egalik qo`shimchalari haqida gapiring.
Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xos hususiyatlarini ajratish mumkin: 1.Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir. 2.Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa bir shaxs yaratadi. 3.Tilning hayoti xalq, millatning hayotiga bog’liq holda uzoq bo’ladi, nutqning hayoti esa qisqa, xususan, og’zaki nutq so’zlangan paytdagina mavjuddir. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin. 4.Til nisbatan turg’un, barqaror bo’lsa, nutq doim harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa sanaladi. 5.Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn shaklida bo’lishi mumkin.
2-mashq. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” kitobidan olingan parcha o’qitiladi. Undagi asosiy g’oya haqida suhbatlashiladi. 3-mashq. Gaplar ko’chiriladi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi va uning ahamiyati haqida bahs uyishtiriladi. Savol va topshiriqlar: 1.Til deb nimaga aytiladi? 2.Nutq haqida bilganlaringizni gapirib bering. 3.O’zbek tili nima uchun bizga ona tili sanaladi? Shu haqida bahslashing. 5.O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadilar. 6.Uyga vazifa. 4-mashq. “O’zbegim deb keng jahonga ne uchun madh etmayin!” Download 18.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling