«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


Download 1.02 Mb.
bet28/224
Sana18.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1784625
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   224
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti

III. Yangi mavzu


Bilib oling. Insho arabcha so’z bo’lib, «yaratish», «bino qilish», «qurish» ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so’zning ma’nosi ancha torayib, asosan, o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo’llanadi.
Insho muallifning ma’lum bir mavzu asosida o’z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik bir asardir. Inshoda muallifning so’z qo’llash mahorati, fikriy, tafakkuriy ko’nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo’ladi.
Insho mazmun-mohiyatiga ko’ra 3 turli bo’ladi:
1. Adabiy mavzudagi insholar.
2. Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar.
3. Erkin mavzudagi insholar.
Adabiy mavzudagi insholarga adabiyot darsligida qayd qilingan, o’qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzular asosida yoziladigan insholar kiradi.
Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholarga adabiyot darslarida o’tilgan ma’lumotlarga o’quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) qo’shib ifodalanadigan insholar kiradi.
Erkin mavzulardagi insholar adabiyot fani dasturida qayd etilmagan mavzularda yoziladi. Boshqacha aytganda, o’quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir.
33-MASHQ.Adabiyot darsida yaqinda o’tilgan biror badiiy asar qahramoni haqida insho mavzusini tuzing.
34-mashq.”Inshoning turlari va ularning xususiyatlari”mavzusida o’g’zaki ma’ruza uchun matn tayyorlang va unu ifodali bayon qiling.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Savollarga javob bering
1. Insho nima? Hozirgi tilimizda insho so’zi qanday ma’noda qo’llanadi?
2. Inshoda uni yozgan muallifning qanday xislatlari ko’rinadi?
3. Insho necha turli ko’rinishda bo’ladi?
4. Qanday insholarni adabiy mavzudagi insholar deymiz?
5. Adabiy-ijodiy inshoning adabiy inshodan farqi nimada?
6. Erkin mavzudagi insholarga qanday talablar qo’yiladi?


V. Uyga vazifa 13-topshiriq

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling