Bilib oling. Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so’z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi.
Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o’ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo’lgan matndan so’ng (so’roq yoki undov gap bo’lmasa) nuqta qo’yiladi, muallifi qavs ichida yoziladi.
Inshoda epigraf bo’lishini qat’iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriydir. Lekin mavzuga va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf bo’lsa, inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini ko’rsatadi.
14-topshiriq. Quyidagi insho mavzulariga mos keluvchi epigraflar toping.
1. Alisher Navoiyning «Topmadim» g’azali tahlili.
2. Muqimiy satirasida mahalliy amaldorlarning fosh qilinishi.
3. A. Qodiriy — tarixiy romanlar ustasi.
4. Zaynab obraziga tavsif.
53-mashq. «O’zbekistonimning ertasi», «Yangi asr orzulari», «O’. Hoshimov asarlarini sevib o’qiyman», «Men sevgan adabiy qahramon» mavzularining biriga reja tuzing va epigraf tanlang.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
Savollar
1. Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?
2. Barcha insholarda epigraf bo’lishi shartmi?
3. Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday tinish belgilari qo’yiladi?
V. Uyga vazifa 15-topshiriq.”Mehnat”,”Vatan”,Ona ” mavzularida gi insholaruchun epiraf bo’la oladigan xlq maqollari,hadislardan 5tada namuna yozing.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’IBDO’: Sh.Ma’murova
«Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
IJODIY MATN. INSHO VA UNING TURLARI
18-dars ILMIY INSHO
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |