«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


II. O’tgan mavzuni so’rash


Download 1.02 Mb.
bet89/224
Sana18.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1784625
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   224
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti

II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
66-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Kesimlarini aniqlab, ikki guruhga ajrating:
1) bir so‘z bilan ifodalangan kesimlar;
2) birdan ortiq so‘zdan iborat kesimlar.
1.Haqiqat shunchalar achchiqki, odatda, ziravor sifatida xizmat qiladi. (Vladislav Gjechik) 2.Yolg`on yondirar, haqiqat qondirar. (Maqol) 3. Rostlik – do`stlik, Yolg`onchilik – ko`rgulik. (Maqol) 4.Yolg`on ko`pincha ikkiyuzlamachilikdan emas, befarqlikdan kelib chiqadi. (Andre Morua) 5. Ishda to`g`rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmoq, so`zda to`g`rilik har vaqt rost so`zlamaklikdur. (A.Avloniy) 6.Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi. (O`.Hoshimov)Bilib oling.
Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Rost gapir. (O`.Hoshimov). Haqiqat achchiq.
Birdan ortiq so‘zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 1.O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2.Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo`ldug`i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo`lur. (A.Avloniy) 3.To‘y – bahor kelganda. 4.Hamma gap – mening yo‘qligimda.
Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z va b.lar) ham murakkab kesimni shakllantiradi
67-topshiriq. Ilmiy ma’lumotni quyidagi sxemaga joylashtiring.



93-mashq. Berilgan sodda kesimli gaplarni murakkab kesimli, murakkab kesimli gaplarni sodda kesimli gaplarga aylantiring.
1.Rostlik ila xiyonat ikkisi jam’ kelmas. (A.Avloniy) 2.Rostgo`ylikda xavf-u xatar ko`rsanglar ham, rost so`zlanglar. (Hadisi sharif) 3.Yolg`on uzoqqa ketsa ham, Haqiqat quvib yetar. (Maqol) 4.O`zida biroz haqiqati bo‘lgan chalkashliklar − eng xavflilari. (Adam Smit) 5.Oxir-oqibat yolg`on nima o`zi? − Niqoblangan haqiqat.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob
1. Kesim tuzilishiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
2. Sodda kesim nima?
3. Murakkab kesim deb nimaga aytiladi?
4. Sodda va murakkab kesimni shakllantiruvchi vositalarni sanang

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling