D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
105-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan gap bo‘laklarining qanday so‘roqqa javob bo‘lishini va qanday bo‘lakka tobelanayotganini hamda qaysi so‘z turkumiga mansubligini aniqlang.
yashay olmaydi. (L.Berne) 3. Biri mahv bo‘layotgan joyda ikki kishi birlashib biri-birini qutqarishi mumkin. (O.Balzak) 4. Kishi jamiyat uchun yaralgan. U yolgiz yashashga layoqatli emas va yakka yashashga jur’ati yetmaydi. (U.Blekstoun Degil inson desang ani ne ajab, Bo‘lmasa qirq yasharda aql-u adab. (Sayfi Saroyi) 2. Kishi ko‘pgina narsalarsiz ham yashay oladi, lekin tanholikda) 5. Kishi uzlatda yashay olmaydi, unga jamoat kerak. (I.Gyote) 6. Faqat odamlar orasidagina kishi o‘z-o‘zini anglashga qodir. (I.Gyote)
Bilib oling.
Hol ko‘proq kesimga bog‘lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o‘rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo‘lak. Hollar qanday, qanday qilib, qay tarzda, qayerda, qayerga, qayerdan, qachon, nega, nima uchun, qancha kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Shunga ko‘ra, o‘rin holi, payt holi, ravish holi, daraja-miqdor holi, sabab holi va maqsad holi farqlanadi.
Hol ravish, kelishik shaklidagi va ko‘makchili otlar,olmoshlar, sifat, son, taqlid so‘z va fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin.
Bir mustaqil so‘z bilan ifodalangan hol sodda, kengaygan birikma bilan ifodalangan hol murakkab hol sanaladi.
123--mashq. Yuqoridagi ilmiy matnni jadval shaklida ifodalang.
Do'stlaringiz bilan baham: |