IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob
1. To‘ldiruvchi qanday bo‘lak?
2. To‘ldiruvchi qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi?
3. To‘ldiruvchi holdan qanday farq qiladi?
4. Jumladagi xatolikni tuzating: Bog‘ni muhtasham devorini bir muddat tomosha qildi.
5. Yer kurrasin boshin tang‘idik she’riy jumlasini nasriy gapga aylantiring.
Uyga vazifa
127-mashq. Sinfdoshingizning tug‘ilgan kuni bilan qutlash uchun matn yarating. Matnga sarlavha tanlang. “Tabrik nutqi” tanlovida ishtirok eting.
117-topshiriq. Тabrik nutqida qo‘llanadigan faol so‘zlar lug‘atini tuzing.
128-mashq. Matnda tasvirlangan shartli vaziyat doirasida o‘z xatti-harakatingizni yozma ifodalang
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
62-dars MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
– mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta), ma’lumotlar topish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |