«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


Download 1.02 Mb.
bet157/224
Sana18.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1784625
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   224
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti

I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
148-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Har bir gapdagi asosiy e’tibor qaratilayotgan bittadan gap bo‘lagini aniqlang.
1.Olim bo`lishga ahd qilgan odam o`z ilmini kasb qilib olmasligi va uni mol topish vositasiga aylantirmasligi lozim. (Farobiy) 2.Donishmand va olimlar xulqidan o`rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo`q qiladi. (Beruniy) 3. Olimlarning ilmi xalqqa mash’aldur. Mash’al bo`lgach qorong`ida kishi adashmaydur. (Yusuf Xos Hojib) 4. Ustod, muallimsiz qolganda zamon, Nodonlikdan qora bo`lurdi jahon. (Abdurahmon Jomiy) 5. Ahli ma’ni guruhida zinhor, Hech or aylama gadolig`din. (Alisher Navoiy) 6. Pir oldida topqusi murodin biling, Har kimki agar shogirdi sodiq bo`lg`ay. (Bobur)
149-mashq. Har bir gap bo‘lagini kesimning oldiga navbatma-navbat qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Gap mazmunida qanday o‘zgarish bo‘layotganini aniqlang.
1. Dono suhbatidin bosh tortsa nodon, Davrondan yaxshilik ko`rmas hech qachon. (Abdurahmon Jomiy) 2. Hech kim ustodsiz topmas jahonda izzat-u joh, Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur. (Poshshoxo`ja) 3. Oqillar oldida aql tarozisiga sig`magan so`zlarni gapirsangiz, xijolatda qolasizlar. (Ahmad Donish) O’z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq. (E.Xabbard) 5. Tarbiyada butun ish tarbiyachiniig kim ekanligiga bog‘liq. (D.Pisarev) 6. Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday ko‘rishni istasa, avvalo, uning o‘zi o‘shanday bo‘lmog‘I lozim. (V.Dal)
Bilib oling.
Gapda so‘zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko‘rsatilgan bo‘lakning kuchli ohang bilan aytilishi gap urg‘usi (yoki mantiqiy urg‘u) deyiladi. Gap urg‘usini ixtiyoriy ravishda ko‘chirish mumkin:
1. Kecha muzeyga biz bordik (biz bordik).
2. Biz muzeyga kecha bordik (kecha bordik).
3. Biz kecha muzeyga bordik (muzeyga bordik).
4. Bordik biz kecha muzeyga (bordik).
Ko‘rinadiki, asosiy fikr gap urg‘usini olgan bo‘lakka qaratilgan bo‘ladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling