«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars


Download 1.02 Mb.
bet25/224
Sana18.11.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1784625
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   224
Bog'liq
8-sinf-ona-tili-konspekti

I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
29-mashq. Matnni o’qing. Uni og’zaki hikoya qiling. Matn oxirida berilgan savollarga javob bering.
INSHO - IJODIY MEHNAT
Insho o’quvchining ma’lum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o’z fikrlarini yozma shaklda to’g’ri, ravon, savodli bayon qila olish ko’nikma va malakalarini shu mavzu bo’yicha bilimlarini namoyish etuvchi ijodiy matn — kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir o’zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani kabi o’quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero, insho o’quvchi ma’naviyati va ma’rifati ko’zgusidir. Unda o’quvchining bilimlari, his-tuyg’ulari, fikrlarini bayon etish ko’nikma va malakalari o’z aksini topadi.
Inshoning har bir turi o’z shakliy va mazmuniy xususiyatlariga ega
Savollar
1. Insho nima? U muallifning qanday xislatlarini namoyon qiladi"
2. Inshoda badiiy asardan va boshqa kitoblardan aynan olingan o’rinlar qanday berilishi kerak?
3. Ikki o’quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosi bir xil bo’lishi mumkinmi?
4. Ikki o’quvchining ayni bir mavzuda yozgan inshosida qanday umumiyliklar, o’xshashliklar bo’lishi mumkin?
5. Inshoning yozma axborot bilan qanday o’xshash va farqli tomonlari bor?


Bilib oling. Insho — ijodiy mehnatning oliy ko’rinishi, murakkab aqliy mehnat jarayonidir. U muallifdan o’z fikrlarini zarur dalillar asosida mantiqan izchil va badiiy tarzda, grammatik va uslubiy jihatdan to’g’ri izhor etishni talab qiladi. Shuning uchun ma’lum mavzuda insho yozishdan oldin shu mavzuga oid badiiy yoki hayotiy manbani, unga oid ilmiy adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqish, tezis (qisqa ifoda) yaratish, dalillash uchun ko’chirmalarni yig’ish, xomaki rejani shakllantirib olish talab qilinadi.
Didaktik maqsadlarga ko’ra insholar ikki xil bo’ladi: a) ta’limiy insholar; b) sinov insholari.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling