ESLATMA! Bora ber – boraver, o‘qiy ber – o‘qiyver kabilarda tovush almashishi yuz
bergan.
ESLATMA! Quyidagi so‘zlarda bir necha tovush o‘zgarishlari kuzatiladi:
O‟ynoqi = o‘yin + a = o‘yna + qi = o‘ynoqi - 2 ta tovush o‘zgarishi: 1 ta tovush tushishi
(i), 1 ta tovush almashishi (a)
Yig‟loqi =yig‘i + la = yig‘la + qi = yig‘loqi – 2 ta tovush o‘zgarishi: 1 ta tovush tushish
(i), 1 ta tovush almashishi (a)
Sanog‟im = son + a = sana + q = sanoq + im = sanog‘im – 3 ta tovush almashishi
Buyrug‟ingiz = buyur + uq = buyruq + ingiz = buyrug‘ingiz – 2 ta tovush o‘zgarishi: 1 ta
tovush tushishi (u), 1 ta tovush almashishi (q)
ESLATMA! A va i unlisi bilan tugagan fe‘llardan –v qo‘shimchasi yordamida harkat
nomi hosil qilinganda, a tovushi o ga, i tovushi u ga almashadi:
Sayla + v = saylov O‘qi + v = o‘quv.
Yuqoridagi misollardek quyidagi mashqlarni bajaring. (testda eng ko‟p shundan tushadi)
1. Yashash uchun foydali mehnat qilish kerakligini anglab yetish insonlikning birinchi
shartidir.
2. Men ko‘rganman osmonlarning tinig‘ini, toshlar tegdi, olib ketdim sinig‘ini, shunda
anglab nomardlrning qilig‘ini
3. Unga egnidagi ko‘ylagi juda yarashgandi.
4. Ishqqa mubtalo oshiq yorning vafosizligidan azob chekardi
5. Qo‘yni puch yong‘oqqa to‘lgan xalq zolim beklarni jazolashga bel bog‘laganmish.
Do'stlaringiz bilan baham: |