ASOS VA QO‟SHIMCHALAR IMLOSI
1. a unlisi bilan tugagan fe‘llarga –v, -q,-qi qo‘shimchalari qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va
shunday yoziladi: sayla-saylov, qayna-qaynoq, sayra-sayroqi.
Shuningdek, o‘qi-o‘quvchi, sovi-sovuq, to‘qi-to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanadi, va
shunday yoziladi.
2. K k harfi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilsa, ular g va g‘ ga
aylanadi:
Yurak-yuragi, bilak-bilagi, tilak-tilagim, buloq-bulog‟im, quloq-qulog‟im, qishloq-qishlig‟i.
Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi so‘zlarida bunday holat kuzatilmaydi.
3. Quyidagi qo‘shimchalar qo‘shilganda asosda tovush tushish hodisasi ro‘y beradi.Singil,
o‟rin, ko‟ngil, o‟g‟il, shahar kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi (-m, -im, -ng, -ing, -i, -si),
qayir, ayir so‘zlariga nisbat qo‘shimchasi( -il), ikki, olti, yeti so‘zlariga jamlovchi son
hosil qiluvchi qo‘shimchasi( -ov, -ala, -ovlon)
19
Do'stlaringiz bilan baham: |