Eslatma! Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so„z va uning
ma‟noli birliklarini shakllantirish hamda farqlash vazifasini bajaradigan, ketma-ketlik
jihatdan boshqa mayda bo„lakka bo„linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir.
Eslatma! Testda fonema so‘ralsa, ikki so‘zni bir-biridan farqlashga xizmat qiluvchi tovushni
olasiz. Masalan, tosh-tom so‗zlarini sh va m farqlaydi. Demak, m va sh fonema.
Bir fonema bir necha tovushlar orqali ro‗yobga chiqadi. Fonemalar ikki va undan ortiq
ma‘noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi.
Eslatma! Fonema ma‘no farqlovchi tovush hisoblanadi. Ma‘no farqlovchi tovushlar
paronim so‘zlardagi bitta-bitta tovush hisoblanadi. Bunday paytda qolgan bir xil
tovushlarning joylashuv tartibi ham bir xil bo‘lishi kerak. Masalan: bir-pir, bayt-payt, bob-
bop, dor-tor, dog‘-tog‘, Hasan-Husan, bilim-tilim.
Eslatma! Agar tovushlarning joylashuv tartibi har xil bo‘lsa, bunday so‘zlarda fonemalar
farqlovchi tovush hisoblanmaydi. Masalan: ost-sot, ust –sut.
3
FONEMA VA HARF
Fonema nimaligini bilib oldik, endi uning harf bilan aloqasini o‘rganib chiqamiz. Biz
nutqimizni harflar ketma-ketligi asosida yozma bayon qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |