Ona tili adabiyоt o‘zbek tili
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
Download 1.41 Mb.
|
1-жилд Она тили, Адабиёт, Ўзбек, Рус (ўзбек), Рус (рус),Литература, Хорижий тил-ДТС ва дастур
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
В1 shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish; kundalik faoliyatda turli jadval va diagrammalarni o‘qiy olish, undan foydalanish. В1+ inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda ulardan foydalana olish. 1-mavzu. Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari (1 soat, В1+:1 soat ) Milliy til taraqqiyoti. Adabiy til milliy tilning meyorlashgan va sayqallangan shakli. Adabiy tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari. 2 – 5-mavzular. Uslubiyat. Til va uslub. Nutqiy uslublar va til vositalari. Nutqiy uslublarning asosiy turlari (4 soat, В1+:4soat) Uslubiyat nutqiy uslublarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi, shuningdek, uslublarga daxldor xususiyatlarning jami ekanligi. Til, nutq tuzishdagi maqsad. Nutq uslubining shakllanishida ushbu maqsadning hal qiluvchi o‘rni. Til vositalarini uslublarga ko‘ra farqlagan holda qo‘llash zaruriyati. Nutqning og‘zaki va yozma shakllari. Uslublarning asosiy turlari: so‘zlashuv uslubi. Rasmiy uslub. Ilmiy uslub. Publitsistik uslub. Badiiy uslub. 6 – 9-mavzular. Nutqiy uslublar va uslubiy bo`yoq. Leksik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash. (4 soat, В1+:4 soat). Ma’nodosh va shakldosh so‘zlar uslubiyati. Shevaga oid birliklar va eskirgan so‘zlar uslubiyati. Terminlar, kasb-hunar leksikasi va iboralar uslubiyati Mustahkamlash (1soat, В1+: 1soat). 10 – 16-mavzular. Morfologik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash. (7 soat, B1+:7soat). Ko‘plik qo‘shimchasining uslubiyati. Kelishik qo‘shimchalarining uslubiyati. Sub’yektiv baho ifodalovchi qo`shimchalar uslubiyati. Zamon qo‘shimchalarining uslubiyati. Shaxs-son qo‘shimchalarining uslubiyati. Inkor ifodalovchi morfologik vositalarning uslubiyati. 17 – 25-mavzular. Sintaktik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash. (9 soat, B1+:9 soat). Gapda so‘z tartibi uslubiyati. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlari uslubiyati. Ritorik so‘roq gaplar uslubiyati. Undalmalar uslubiyati. Gapda kirishlar uslubiyati. Gapda kiritmalar uslubiyati. Mustahkamlash. (1soat, В1+: 1soat). Qo‘shma gaplar uslubiyati. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar uslubiyati. Matn va iqtibos. Takrorlash (2 soat, B1+: 2 soat) 26-mavzu. Ish qog‘ozlari va ular bilan ishlash. (1 soat, B1+:1 soat). Hujjat turlari. Rasmiy va shaxsiy xatlar, ularning turlari va farqlari. Tavsifnoma, bayonnoma, hisobot Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling