Ona tili adabiyоt o‘zbek tili


Download 1.41 Mb.
bet46/133
Sana20.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1103706
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133
Bog'liq
1-жилд Она тили, Адабиёт, Ўзбек, Рус (ўзбек), Рус (рус),Литература, Хорижий тил-ДТС ва дастур

Grammatika: Qo‘shma gaplar, ularning turlari. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar (2 soat).
Adabiy o‘qish: Ibrohim Rahimning “Ishning ko‘zi” asaridan parcha (1 soat).
Nazorat ishi: bayon (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat)
21-23-mavzu. Men yoqtirgan gazeta (3 soat (B1+ 4 soat)
Leksika: Ommaviy axborot vositalari, matbuot, gazeta, jurnal, maqola, muhbir, xabarlar, internet kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv, zidlov va ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar (2 soat).
Adabiy o‘qish: “Hayot bilan hamqadam”. Publitsistik matn. (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish):
B1
audio-video vositalar orqali eshittirilgan xabarlar, ommabop va kundalik hayot mavzusidagi yangiliklarni tushunadi va unga munosabat bildira oladi;
o‘rganilgan mavzularda o‘zaro suhbatlashadi va bahslarda ishtirok eta oladi;
suhbat jarayonida murojaat etish shakllarini, muomala odobi (etiket) elementlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi va fikrga munosabat bildira oladi;
ommabop materiallarni (gazeta, jurnal, internet materiallari) o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlay oladi;
80-90 so‘zdan iborat matn asosida diktant; 90-100 so‘zli matn asosida bayon yoza oladi; 15-20 gap hajmida matn tuza oladi;
ayrim ish qog‘ozlarini (ariza, tarjimai hol, ishonch xati, dalolatnoma, e’lon, tushuntirish xati, tavsifnoma) yoza oladi.
B1+
ko‘rgan yoki eshitgan voqea-hodisa, hikoya, roman, asardan parcha mazmunini gapirib bera oladi, unga munosabat bildira oladi.


Nazorat ishi: Test (1 soat).
Sinfdan tashqari o‘qish: Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani (2 soat (B1+ 3 soat)


24-26-mavzu. Qiziqarli ko‘rsatuvlar (3 soat (B1+4 soat)
Leksika: televideniye, televideniye vatani, teledasturlar, teleminora, qiziqarli ko‘rsatuvlar, jurnalist, dolzarb mavzu, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, munosabat bildirish kabi nutqiy qurilmalar.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling