Ona tili bu millatning ruhidir


Download 25.81 Kb.
Sana26.10.2020
Hajmi25.81 Kb.
#137052
Bog'liq
ona tilim bu


Andijon viloyati Jalaquduq pedagogika ijtimoiy iqtisodiyot kollejining

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Oydinoy G’oziyevaning “ONA TILI BU-



MILLATNING RUHIDIR” nomli tadbir ssenariysi.

"ONA TILI BU-MILLATNING RUHIDIR"

nomli tadbir ssenariysi

(Sahna bayramona bezatilgan o'quvchlarning ijodiy ishlari ko'rgazmasi

tashkil qlingan)

1-boshlovchi: Do'stlar,yodda tutingiz, hargiz ilmga kon erur maktab,

Binolar ichra har dam shavkatu shon erur maktab.

Kim bilsa aning qadrini,tortmagay hayot jabrini,

Toza gullar o'stirguvchi zo'r guliston erur maktab.

Tanlamas oqu qaro deb va yoki shohu gado deb,

Barchaga birdek barobar beminnat non erur maktab.



2-boshlovchi: Dunyo ichra dunyodirki,zulmat ichra ziyodurki,

Haqiqat nurin taratgan mohitabon erur maktab.

Kechikmangiz aslo darsga,bilim berilmaydi qarzga

Odam bo'lay degan kasga xayru ehson erur maktab.

Ey,Baxtiyor bo'y yuzlagil, har sahar maktab tomon,

Senga shoirlikni bergan,joningga jon erur maktab.

(B.Yuldashev)

1-boshlovchi: -Bilasizmi, mana shu jonimizga jon bag'ishlovchi,ilmga kon maktabimizda bugun katta tan'tana.

2-boshlovchi: -Ha, albatta,bugun sevmli maktabimizning barcha ustozlari va o'quvchilari "ONA TILI BU -MILLATNING RUHIDIR" deb nomlangan til bayramiga yug'ilishgan.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum,hurmatli va aziz ustozlar,qadrli o'quvchilar! "ONA TILI BU -MILLATNING RUHIDIR" nomli til bayramimizga xush kelibsiz! Tadbirimizni ochb berish uchun so'zni maktabimiz ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor orinbosari .............. ..............ga beramiz.Marhamat!

2-boshlovchi: Ona tilim sen borsan shaksiz

Bulbul kuyin she'rga solaman.

Sen yo'qolgan kuning,shubhasiz,

Men ham to'ti bo'lib qolaman.



("Alla" ijro etiladi)

Allalarga boy bolam ,

Osmonimda oy bolam

O'ynab yurgan toy bolam,

Alla, alla, alla-yo.

Seni kutdim zor bolam,

Tilimda bol bor bolam,

Baxt-iqbolga yor bolam,

Alla, alla, alla-yo.

Endi otar tong bolam,

Uxlay qolgin jon bolam,

Beshigida xon bolam,

Alla, alla, alla-yo.

Ko'ksi osmonm, bolam,

Elga posbonim, bolam,

Seni ardoqlar doim

O'zbekistonim, bolam.

(O.G’oziyeva)



1-boshlovchi: Jamiki,ezgu fazilatlar inson qalbiga,avvalo, ona allasi,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi,-degan edi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Alla bilan jonu tanimizga singgan til bu-ona tilimiz.

2-boshlovchi: Qadim-qadimdan millatimiz borligini olamga ko'z-ko'z etayotgan til bu-ona tilimiz.

1-boshlovchi: Til- millat ruhining ko'zgusidir.

2-boshlovchi: Tilda millatning bor- yo'g'i, o'y fikri, dunyoqarashi ,orzu-umidlari, Vatani,his-tuyg'ulari gavdalanadi.Tildagi har bir so'z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg'usining natijasidir.

1-o'quvchi: Onam allasini eshitay takror,

Bulbul navosidan go'zal betakror.

Jonga jon beruvchi ajib sehri bor,

So'zlaringni so'zlasam yangrar dilim

Oh,mening ,ona tilim,ona tilim.

2-o'quvchi: Sen jarang topasan bobom so'zida,

Milliy ruh yashaydi tilim o'zida,

Ovozing soz butun yerning yuzida

So'zlaringni so'zlasam,yangrar dilim

Oh,mening ,ona tilim,ona tilim.

3-o'quvchi: To'nyuquq,Kulteginu Bilga hoqon,

Bitiklarda aks etdi tarix jahon,

Navoiy turk nazmida etmish bayon,

So'zlaringni so'zlasam yangrar dilim,

Oh,mening ,ona tilim,ona tilim.

4-o'quvchi: Ulg'ayyapman,o'z tilimda olib bilim,

Asrlar osh, taraqqiy et millat tilim,

Sen bilan uzoq yashar xalqim,elim,

So'zlaringni so'zlasam yayrar dilim,

Oh,mening ,ona tilim,ona tilim.

5-o'quvchi: Ajdodlar bizga berdilar me'ros,

Avlodlarga yetkazaylik go'zal, soz,

Tarixing,o'tmishlaring bag'ringga yoz,

So'zlaringni so'zlasam yayrar dilim,

Oh,mening ,ona tilim,ona tilim.

1-boshlovchi: O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni 1989-yil 21-oktyabrda qabul qilindi. Mustaqillik sharofati bilan o'zbek tili -davlat tiliga e'tibor kuchaydi va ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi.O'zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to'g'risida g'amxo'rlik qilinib,bir qancha qarorlar qabul qilindi.

2-boshlovchi: Keling, tilimiz haqida hikmatli so'z va maqollardan eshitaylik.

1-o'quvchi: Insonni so'z ayladi judo hayvondin,

Bilkim,-guhari sharifroq yo'q andin

(A.Navoiy)

2-o'quvchi: Tili bo'lsa uning shakardin shirin

Ulug' ham ,kichik ham beradi bo'yin.

(Yusuf Xos Hojib)

3-o'quvchi: Juda boy,chiroyli tilimiz bor.Bu tilda ifoda etib bo'lmaydigan fikr,tuyg'u yo'q!

(A.Qahhor)



4-o'quvchi: Ko'ngil mahzanining qulfi til va ul mahzanning kaliti so'zdir.

(A.Navoiy)



5-o'quvchi: Kishinihg gozalligi uning tilidan bilinadi

(Hadis)


6-o'quvchi: Tilingda bo'lsa boling,

Kulib turar iqboling.

(Maqol)

7-o'quvchi: So'z ichra mudom aql yashirindur,

So'z chimildig'u aql kelindur.

(Nosir Xisrav)

8-o'quvchi: Bobolardan bizga meros ezgu til,

Avlodlarga xazinayi bebaho.

(Mirtemir)

9-o'quvchi: Agar qaysi til bilan so'zlaysan deb so'rasalar,sidqu sadoqat tili bilan deb aytgil.

("Qobusnoma"dan)



10-o'quvchi: O'zbek tilining bugungi darajasi turkiy tillar ichida tutgan mavqeyi uchun biz ko'p jihatdan o'tgan asr boshida yashayotgan ziyolilardan minnatdor bo'lishimiz kerak.Ular o'zbek tilining so'z yasash imkoniyatlaridan dadillik bilan foydalandilar,xalqda milliy g'urur,ona tiliga hurmat tuyf'usini tarbiya qildilar.

(E.Vohidov)



("O'zbegim" qo'shig'i ijro etiladi)

1-boshlovchi: Ona tilimizda ijro etilgan har qanday qo'shiq yuragimizning eng hilvat joylariga ham etib borib,ko'nglimizni osmon qadar ko'taradi.

2-boshlovchi: Ha,albatta ona tilimiz naqadar go'zal ,naqadar jozibali.O'z ona tilimizni doimo sof, beg'ubor asrashimiz , fikrimizni o'zbekcha chiroyli so'zlar bilan ifoda etishimiz darkor.

1-boshlovchi: Nega tilimizning sofligi haqida so'zlab qoldingiz?

2-boshlovchi: Buni navbatdagi sahna ko'rinishida bilib olamiz. Marhamat tomosha qiling.

Sahnada e'lon taxtasi . Unga yangi e'lon ilingan.Ko'p bolalar e'lon oldida chug'urlashardi.Gulchehra bilan Dildora buni ko'rishadi.

Dilorom: Gulchehra qara yangi e'lon yozishibdi.

Gulchehra: Dilya, meni Gulchehra demagin Gulya degin.

Dilorom: Aksincha meni Dilorom degin. Onam meni dillarga orom bersin deb Dilorom atagan.Axir seni ham Gul yuzli , Gul chehrali deb Gulchehra atashganku.

Gulchehra: Mehga esa Gulya yoqadi Xo'pmi...

Dilorom: Yur e'lonni biz ham o'qiylik.

(Birgalikda e'lon o'qishadi)

Hurmatli o'quvchilar

Maktabimizda radioto'garak ochiladi. Radioto'garakka suxandonlar sinov asosida qabul qilinadi.Marhamat siz ham ishtirok eting.

Dilorom: Voy, zo'r yangilik bo'libdi-ku. Men ishtirok etaman .Senchi?

Gulchehra: Men ham konechno ishtirok etaman.

Xonada imtihon bo’lmoqda. O’quvchi javob bermoqda.

O'qituvchi: Yaxshi qizim, natijalarni ertaga e'lon qilamiz.

Navbatdagi ikkinchi kiring,marhamat.

Gulchehra kiradi : -Salom, men ham shu tanlovda qatnashmoqchiydim.

O'qituvci: Qani, nima sababdan radio suhandoni bo'lmoqchisiz?

Gulchehra: Nu tak,man shunchaki interesovan ... I man dokumentlarni topshirdim.Ular ofarment qilishdi.

Diktorlikni ochen yaxshi ko'raman.

O'qituvchi: Adabiyotni yaxshi ko'rasizmi?

Gulchehra: Sovsem,yoqmaydi manga .

O'qituvchi: Unda qanday suxandon bo'lishingiz mumkin?

Gulchehra: Prosta tak ....mikrafonda so'zlash yoqadi-de.

O'qituvchi: Marhamat,mana sizga mikrafon.Qani,suhandonlik qiling-chi?Gulya: Manmi? Vay , yest , okey....

Gulchehra o'rnidan turib tomoshabinlarga qarab

Salom, salom, salom. hammaga privet .Maktab radiosidan gapiramiza, Peredachamiz :Yoshlik navosi. Nu tak man sizga endi qo'shiq qo'yib beraman. Bizning peredachamizda tolko xit qo'shiqlarga golosovat qilasiz.Qani ketdik,Ya s vami.



O'qituvchi: Yetarli Gulchehra Toshboyeva

Gulya: Toshboyeva emas Tashbayeva.

O'qituvchi: Tushunarli Tashbayeva natijani ertaga e'lon qilamiz.

Gulhehra: Nu, ladna.

E'lon ilingan . Barcha o'quvchilar chug'urlashadi.

-Men qabul qilindim

-Men ham sinovdan o'tdim

-Men ham suhandon bo'ldim.-deb suyunib turgan Dildora e'lon oldidan bo'shashib qaytayotgan Gulchehraga ko'zi tushdi.

Diorom:-Gulya, hoy Gulya

Gulchehra:-Meni Gulchehra degin

Dilorom:-Gulchehra, senga nima bo'ldi? Sinovdan o'tdingmi?

Gulchehra-Yo'q ,o'tolmadim .

Dilrom:-Nega?

Gulchehra:-Ona tilimizning sofligiga putur yetkazdi,nutqda ruscha,inglizcha so'zlarni ishlatdi, shevada so'zladi,-deb yozib qo'yishibdi.Dilorom bugundan boshlab go'zal ona tilimizga putur yetkazmayman.nutqning sofligi,to'g'riligi , aniqligiga e'tibor beraman.
-Aziz bolajonlar ! Siz ham nutqingizni o'zlashmagan turli chet til so'zlaridan foydalanib, uning sofligiga zarar yetkazmang, yo'qsa mendek uyalib qolasiz.

Tilimizning sofligi, to'g'riligi mantiqiyligi uchun hammamiz, har birimiz kurashaylik!



1-boshlovchi: Ha,albatta ona tilimizning sof va beg'ubor saqlab avlodlarga yetkazish har birimizning burchimizdir.

2-boshlovchi: Bu hususda A. Navoiy "Mahbub ul- qulub" asarida shunday yozadi:

"Chiroyli yozadigan kotib ham ko'p xatoga yo'l qo'yadigan bo'lsa, uning qo'li falaj kasaliga yo'liqsin.Xati yomonligi ustiga yana behisob g'alat va xatolarga yo'l qo'yishlik,qari kishining soqol bo'yab , masxara bo'lgani kabidir.Unday xatni parchalab, axlatxonaga tashlash , hattotni esa do'zax posboniga topshirib, jahannamga yo'llash yaxshidir."



1-boshlovchi: Demak,har bir o'quvchi chiroyli va xatosiz yozishga o'rganishi lozim ekan-da.

Aziz bolajonlar! Yuqorida aytilgan xatoliklar sizda bo'lsa, bugundan boshlab to'g'rilashga harakat qiling.Toki ,ona tilimizda chiroyli va xatosizy yozib , yozma nutqingiz rivojlansa,chiroyli va ravon so'zlab og'zaki nutqingiz rivojlanadi.

( Milliy ruhdagi raqs ijro etiladi )

1-o'quvchi: Avaz O'tar "Til" she'rini yoddan o'qiydi.

1-o’quvchi:

Har tilni biluv bani odama jondur,

Til vositai,robitai olamiyondur

G'ayri tilni sa'y qiling, bilgali yoshlar

Kim ilmu hunarlar bilanki ondin ayondur.

Lozim sizga har tilni biluv ona tilidek,

Bilmakka oni g'ayrat eting foyda kondur.

Ilmu fan uyig'a yuboringlar bolangizni,

Onda oqig'onlar bori yaktoyi zamondir.

(A.O’tar)



2-o’quvchi: Ona tili, ona kabi

Buyuk bo’lgan va bo’lur.

Bir milltning kimligini

Dini, tili bor qilur.



3-o’quvchi: Tilsiz inson soqov bo’lmish,

Hayotida ma’ni yo’q

Endi xalqning taqdirida,

Uning shuhrat sha’ni yo’q.



4-o’quvchi: Ona tili har bir yurtning

Ma’naviyat gulbog’i.

Ildiz kabi tomir otgan

Otash mehri bulog’i



5-o’quvchi: Siz-u bizni bog’lab turgan

Hech tilimiz so’nmagay.

Erkin shoir aytganiday

Ona tilim o’lmagay.

(N.To’raboyeva)



1-boshlovchi: Ha,albatta,azizlar,o’zbek xalqimiz –uning boy merosi, taraqqiyoti bor ekan hech qachon ona tilimiz o’lmaydi.

2-boshlovchi: Ona vatanimiz ravnaq topib,yukalgani sari ona tilimiz rivoj topadi.Shoirlar she’rlarida, hofizlar qo’shig’ida, onalarimizning beshik tebratib aytgan allalarida,shirintoy farzandlarning biyron tillarida o’z jozibasi ila jaranglaydi ona tilimiz.

1-boshlovchi: Ona tili bu-millatning ruhidir.

2-boshlovchi: Ona tilimiz bor ekan qaddimiz tik, martabamiz ulug’dir.


Download 25.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling