Ona tili darslari nega qisqartirilmoqda? - Respublika ta'lim markazi direktori bilan suhbat
Xalq ta'limi tizimida ona tili fani soatlarining qisqarayotgani shu kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Bu boradagi bahslar Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning masala yuzasidan tushuntirish berishi hamda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovning vazir fikrlariga nisbatan bildirgan e'tirozlaridan keyin ancha jonlandi.
Kun.uz muxbiri masala yuzasidan batafsil ma'lumot olish hamda fan soatlarining nima sababdan optimizatsiya qilinayotganiga aniqlik kiritish maqsadida Respublika ta'lim markazi rahbari Shuhrat Sattorov bilan intervyu uyushtirdi.
– Shuhrat aka, mavzuga kirishdan avval ta'lim markazi faoliyati bo‘yicha ma'lumot bersangiz.
– Respublika ta'lim markazi ta'lim tizimining yuragi deb aytishimiz mumkin. Ta'limning mazmun-mohiyati va keyingi rejalari aynan shu markazda tayyorlanadi. Oddiy o‘quv standartlaridan boshlab, o‘quv dasturi va darsliklar, o‘qitish metodikasigacha shu yerda yaratiladi. Nimani o‘qitamiz va qanday o‘qitamiz, degan savollarga respublika ta'lim markazi javob beradi.
– Fikr va munozaralarga sabab bo‘layotgan o‘zgarish – maktablarda ona tilini fani soatlarining qisqarishdan qanday maqsad ko‘zlangan? Shuningdek, bu fan misolida aynan qanday optimizatsiya kutilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |