4. AKT LAR ORQALI MUAMMOLI TA’LIM YO‘NALISHIDA
BERILADIGAN TOPSHIRIQLARDAN NAMUNALAR
Bu kabi texnologiyalarni qo‘llashda, dars va mashg‘ulotda qaysi
darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazarda tutilganiga bog‘liqdir.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining muammoli ta’lim yo‘nalishi keng
qamrovli bo‘lib, o‘quvchilarni o‘ylashga, muhim xulosalar chiqarishga qaratilgan.
Dars jarayonlarida o‘qitishning muammoli topshiriqlardan foydalangan holda
darslarni tashkil etish- o‘quvchilarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyati oshirish
bilan birga tashabbuskorlik tuyg‘ulari ortib, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqaruvi
amalga oshadi, yaratuvchanlikka undaydi, yaratuvchanlikni o‘rgangan bola boshqa
har qanday sohaga hech qiyinchiliklarsiz erishadi.
Ma’lumki, ona tili fanining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishda
so‘z, gap, uning tuzilishi haqida bilim bersa, adabiyot fani ko‘proq og‘zaki bayon
qilish, ifodali o‘qish, asar mohiyatini so‘zlash, ijodiy insholar yozish kabi
maqsadlarni nazarda tutadi.
Muammoli o‘qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar asosan o‘quvchilarga
tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar
beriladi.
Bunda muammoli ta’lim texnologiyasida ko‘rsatilgandek, :
• nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha;
• shakllantirilmagan savol bilan;
• ortiqcha ma’lumotlar bilan;
• “bir lahzada” topish kabi topshiriqlar asosida ona tili faniga murojat
qilamiz.
Ona tili fanining ayrim mavzular asosida muammoli topshiriqlarning
qo‘llanilishi haqida to‘xtalib o‘tsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |