Ona tili darslarida aktilardan. Raxmanov G


MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI


Download 160.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana05.01.2022
Hajmi160.5 Kb.
#207217
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
ona tili darslarida aktilardan foydalanish shakllari

      MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI 

 

Rivojlantiruvchi  ta’lim  texnologiyasining  asosiy  bo‘g‘ini  muammoli  ta’lim 



yo‘nalishi sanaladi. 


Muammoli  o‘qitishni  chuqur  o‘rganish    XX  asrning  60-yillarida  boshlangan 

bo‘lib, uning asosida  “Tafakkur- muammoli  vaziyatdan boshlanadi”-degan g‘oya 

yotadi. 

Fikrlash  psixologiyasi  nuqtai  nazaridan  muammoli  o‘qitish  g‘oyasi  va 

tamoyillari  S.L.Rubinshteyn,  M.I.Maxmutov,  V.Okon,  I.YA.Lerner  tomonidan 

ishlab chiqilgan.  

Muammoli ta’lim  turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega.  

1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 

2. Muammoning qo‘yilishi.  

3. Muammoning echimini topish.  

Muammoli  vaziyatni  o‘quv  mashg‘ulotlarining  barchasida  shakllantirish 

mumkin.  Uni  dars  jarayonida  qancha  ko‘p  shakllantirish  o‘qituvchiga  bog‘liq.  

Muammoli  vaziyatning  ahamiyati  shundaki,  u  o‘quvchilar  diqqatini  bir  joyga 

(muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi.   

Muammoli  ta’lim  o‘qituvchi  rahbarligida  muammoli  vaziyat  vujudga 

keltirilib,  mazkur  muammo  o‘quvchilarning    faol,  mustaqil  faoliyati  natijasida 

nazariy  bilim,  amaliy  ko‘nikma  va  malakalarni    ijodiy  o‘zlashtirish  va  aqliy 

faoliyatni  rivojlantirishga    imkon  beradigan    ta’lim  jarayonini  tashkil  etishni 

nazarda tutadi.  

Muammoli  o‘qitish  jarayonida  beriladigan  topshiriqlar  Muammoli  o‘qitish 

jarayonida o‘quvchilarga 

tadqiqiy,  

 evristik,  

 muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar beriladi.  

Bunda:  

• nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha; 

• shakllantirilmagan savol bilan; 

• ortiqcha ma’lumotlar bilan; 

• o‘zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; 

• yo‘riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish; 




• olingan natijalarni qo‘llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; 

• hodisaning namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash; 

• «bir lahzada» topish kabi  topshiriqlarni berish mumkin.  

Muammoli  vaziyatlarda    echimga  kelishning  algoritmi  quyidagi  tartibda 

amalga oshiriladi Muammoni qo‘yish, ma’lumotlar fondini to‘plash, qayta ishlash, 

echim  modelini  aniqlash,  qo‘shimcha  ma’lumotlar  to‘plash  va  ularni  tanlangan 

echim  modelida  aks  ettirish,  yangi  ma’lumotlar  va  echim  modeli  o‘rtasidagi 

zidlikni  aniqlash,  zidlikni  echimini  topish,  yangi  echim  modelini  yaratishdan 

iboratdir. 

 

 




Download 160.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling