Ona tili darslarida didaktik o'yinlarni tashkil etish vao'rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism I bob didaktik o‘yinlar
Download 167.26 Kb.
|
ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O\'YINLARNI TASHKIL ETISH VAO\'RGATISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
O‘qituvchi.doskada turli o‘nta so‘z yozilgan. Ularni o‘qing va har biriga to‘g‘ri keladigan belgi-so‘zni tanlang. Belgi-so‘z predmetning xossasini aniqlaydi va qanday? - degan savolga javob beradi. Masalan, qum sariq, issiq, mayda va boshqa bo‘lishi mumkin. sizningcha eng yaqin bo‘lgan belgi-so‘zni tanlang va uni chiziq tagiga yozing.
Daftarga yozish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: so‘zlar juftligi kasr shaklda yozilib – tepada o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan so‘zlar, pastda – o‘quvchi tomonidan taklif etilayotgan so‘zlar. O‘qituvchi bitta misolni muhokoma qiladi. O‘quvchilar topshiriqni bajarishadi. So‘ngra o‘quvchilar yozgan so‘zlar muhokoma qilinadi. Sinf bilan birgalikda belgi-so‘zlar to‘g‘ri tanlanganmi yoki yo‘qligi muhokoma qilinadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga bu so‘zlarni va ularga tanlangan belgi-so‘zlarni eslab qolish haqidagi topshiriqni beradi. Keyingi darsda o‘qituvchi so‘zlarni juft-jufti bilan va ularga tanlangan belgilarni eslashni, ularni daftarga yozishni, so‘ngra oldingi darsda yozgan yozuvlari bilan solishtirishni so‘raydi. “Uchinchi so‘z” mashqi. O‘qituvchi bir-biri bilan ma’no jihatida bog‘liq olti juft so‘zni o‘qiydi. Har bir juftlikka ma’no jihatidan mos uchinchi so‘zni tanlash va uni daftarga yozish kerak. XULOSATadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik. 1. Boshlang‘ich ta’lim davomida o‘quvchida nazariy tafakkur rivojlanadi, u yangi bilimlarga, ko‘nikmalarga ega bo‘ladi – o‘zining keyingi ta’limi uchun zaruriy baza yaratadi. Lekin o‘quv faoliyati bu bilan nihoyasiga yetmaydi: kichik maktab yoshidagi o‘quvchining bevosita rivojlanishi uning tavsifi va natijaviyligiga bog‘liq. Bolaning muvaffaqiyatli ta’limi, unga nisbatan kattalarning va tengdoshlarining munosobatiga bog‘liq. Unda ana shular asosida o‘z-o‘zini aniq baholash shakllanadi. 2. O‘yin shaxs shakllanishida yangi sifatlarni, undagi muhim jihatlarni aniqlaydi; aynan o‘yinda bolalar o‘zini tuta olish normalarini o‘zlashtiradi, u o‘qishga o‘rgatadi, tarbiyalaydi. O‘quv jarayonida o‘yindan foydalanishning quyidagi maqsadlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: aniq ko‘nikmalar shakllanadi; aniq nutq ko‘nikmalari shakllanadi; muomola qilishga o‘rganadi; zaruriy qobiliyatlar va ruhiy funksiyalar rivojlanadi va boshqalar. O‘yin faoliyati diqqatni, xotirani, tafakkurni, tasavvurni, barcha bilish jarayonlarni rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shu bilan birga ta’kidlashimiz joizki, ta’limning vositasi sifatida o‘yinning samaradorligi quyidagi qator talablarga amal qilinishiga bog‘liq: o‘quvchilar harakat va tasavvur qiladigan holatni, rejani mavjudligiga; bolalar tomonidan o‘yin natijasini, o‘yin qoidasini albatta anglanilishi. O‘yin – jamoaviy birgalikda amalga oshiriladigan jarayon. Bu barcha ta’limdagi vazifalarni oshirishdagi asosiy usul, shu sababdan: bola ilgari bilmagan va o‘yin davomida o‘zlashtiradigan bilimi uchun qanday ko‘nikma va malaka talab qilinishini aniq bilishi hamda o‘yin o‘quvchini tafakkur qilishga majbur etishi lozim. Shunday qilib, o‘yin ta’lim berish vositasi bo‘lib, u ta’lim oluvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtiradi, o‘quv jarayonini qiziqarli va hayojonli qiladi, tilni shakllanishiga kuchli turtki beradi. Download 167.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling