Ona tili darslarida didaktik o'yinlarni tashkil etish vao'rgatish metodikasi mundarija: kirish asosiy qism I bob didaktik o‘yinlar
II Bob Bolalar tafakkurining o‘ziga xosligi
Download 167.26 Kb.
|
ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O\'YINLARNI TASHKIL ETISH VAO\'RGATISH METODIKASI
II Bob Bolalar tafakkurining o‘ziga xosligiOna tili darslarida ta’limiy o‘yinlar vositasida o‘quvchilar nutqini boyitish usullari Tafakkur – inson tomonidan obektiv reallikni analiz, sintez, mulohoza va boshqalar orqali bilish jarayonidir. Tafakkurning uchta ko‘rinishi mavjud [6, B.210]: -ko‘rgazmali-harakatli (bunda munosobatlar bevosita aniq predmetlar (o‘yinchoqlar) ustida manipulyatsiya qilish yo‘li bilan ochib beriladi); -ko‘rgazmali-obrazli (bir-biriga yoki turli predmetlar obrazlarini mos qo‘yib munosobat va bog‘liqliklarni ochadi); -mantiqli-so‘zli (tushunchalar, so‘zlar va mulohozalar yordamida bilish). Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ayniqsa 3-4 yoshli bolalarda intensiv rivojlanadi. U predmetlar xossalarini o‘rgana boshlaydi, predmetlar orqali amallarni bajarishga o‘rganadi, ular o‘rtasida munosobatlarni o‘rnatadi va turli amaliy masalalarni yechadi. Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur asosida tafakkurning murakkab ko‘rinishi bo‘lgan – ko‘rgazmali-obrazli tafakkur shakllanadi. U bola tasavvurlari asosida, amaliy harakatlarni tadbiq qilmasdan masalalarni yecha olishi bilan tavsiflanadi. Bu bolaga masalan, chizma rasmlardan foydalanishiga yoki yoddan sanash ishlarini amalga oshirishiga imkon beradi. Olti-yetti yoshli bolalarda mantiqli-so‘zli tafakkurning intensiv shakllanishi boshlanadi, u tushunchalarni almashtirishdan foydalanishda nomoyon bo‘ladi. Mantiqiy tafakkurning yuqori bosqichiga erishish – uzoq va murakkab jarayondir, chunki mantiqiy tafakkurning atroflicha rivojlanishi nafaqat aqliy faoliyatning yuqori darajadagi faolligini talab qiladi, balki predmet va hodisalarning umumiy va muhim belgilari so‘zlarda mustahkamlangan umumlashgan bilimlarni ham talab etadi. Taxminan bola o‘n to‘rt yoshlarida uning tafakkuri kattalarning tafakkur faoliyati tavsifiy belgilariga ega bo‘la boshlagan paytda, rasmiy-mantiqiy amallarni bajara olish darajasiga erishadi. Lekin, bolada mantiqiy fikrlashni rivojlantirish maktab yoshigacha bo‘lgan davrdan boshlash lozim. Masalan, bola 5-7 yoshlaridayoq mantiqiy tafakkurning taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash, tizimlashtirish va ma’noni moslashtirish kabi usullarini elementar darajada o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Dastlabki bosqichlarda bu usullarni shakllantirish ko‘rgazmali, aniq materialga tayangan holda va xuddi ko‘rgazmali-obrazli tafakkur ishtirok etayotgandek amalga oshirilishi lozim. Mantiqiy tafakkurning usullari. Taqqoslash – o‘xshash belgilarini va predmet hamda hodisalar o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga yo‘naltirilgan usul. Bola 5-6 yoshlarda odatda turli predmetlarni o‘zaro taqqoslay oladi, lekin uni bir necha belgilari asosida amalga oshiradi, masalan, rangiga, shakliga, kattaligiga ko‘ra va boshqa ba’zi-bir belgilariga nisbatan. Bundan tashqari, bu belgilarni ajrata olish tasodifiy tavsifga ega va obyektni atroflicha tahliliga tayanmaydi. Ta’lim jarayonida bola taqqoslash usuliga quyidagi ko‘nikmalar orqali erishishi lozim: Obyektni boshqa obyektlarga mos qo‘yish asosida belgilarini (xossalarini) ajratish. Odatda olti yoshli bolalar premetda bor-yo‘g‘i ikki-uchta xossalarini (vaholanki, ular cheksiz ko‘p bo‘lishiga qaramasdan) ajrata olishadi. Bola bu predmetning ko‘p sondagi belgilari va xossalarni ko‘ra olishi uchun, u predmetni turli tomondan tahlil qila olishi, bu predmetni boshqasi bilan farqlanuvchi belgi hamda xossalari asosida taqqoslay bilishi lozim. Taqqoslash uchun pretmetlarni oldindan tanlab, asta-sekinlik bilan balalarni ilgari ulardan yashiringan belgi va xossalarni o‘rgatish mumkin. shu bilan birga, bu ko‘nikmalarga ega bo‘lish – nafaqat predmet xossasini ajrata olish, balki uni atalishini ham bilishdan iboratdir. Taqqoslanayotgan obyektlarning umumiy va farq qiluvchi belgi va xossalarini aniqlash. Bola predmetlarni bir-biri bilan taqqoslab, belgi va xossalarini ajratishni o‘rganganidan keyin, predmetlarning farq qiluvchi umumiy belgi va xossalarini aniqlash ko‘nikmalarini shallantirishni boshlash kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda ajratilgan belgi va xossalar asosida tahliliy taqqoslashni amalga oshirishga hamda farqlarni topishga o‘rgatish lozim. So‘ngra umumiy belgi va xossalarga o‘tish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, bolani ikkita predmetda,so‘ngra bir nechtasida umumiy belgi va xossalarni ko‘rishga o‘rgatish muhimdir. 3) Obyektda muhim belgi va xossalar berilib, ularni oson aniqlash mumkin bo‘lsa, muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni farqlay olish. Bola predmetlarda umumiy va farqlanuvchi belgi va xossalarini ajrata olishga o‘rganganidan so‘ng, quyidagi qadamni qo‘yish mumkin: uni muhim belgilarini muhim bo‘lmagan, ikkinchi darajalilaridan farqlashga o‘rgatish. So‘ngra oddiy misollar yordamida, “umumiy” va “muhim” belgilar o‘zaro qanday mos qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin. Bolaning diqqatini yana bir narsaga jalb etish, ya’ni – “umumiy” belgi har doim ham muhim bo‘lavermasligiga, lekin “muhim” belgi har doim “umumiy” bo‘lishligiga e’tiborini qaratish lozim. Masalan, bolaga ikkita predmetni ko‘rsating, unda “umumiy” lekin “muhim bo‘lmagan” belgi – rang hisoblanib, “umumiy” va “muhim” belgi – uning shakli bo‘lsin. Obyektning muhim belgilarini topishni bilish, umumlashtirish usullariga ega bo‘lishning jiddiy dalillaridan biridir. “Umumlashtirish” va “tasniflash” usullariga o‘rgatish. Tasniflash – predmetlarni tafakkurda juda muhim belgilariga qarab, sinflarga taqsimlash. Tasniflashni amalga oshirish uchun materialni tahlil qila olish, uning alohida elementlarini bir-biriga mos qo‘yish, ulardagi umumiy belgilarni topish, shu asosda umumlashtirishni amalga oshirish, predmetlarni aniqlangan umumiy belgilariga qarab guruhlarga taqsimlash zarur. Shunday qilib, tasniflashni amalga oshirish taqqoslash va umumlashtirish usullaridan foydalanishni nazarda tutadi “Tizimlashtirish” usuliga o‘rgatish. Tizimlashtirish –obyektlarni ma’lum bir tartibda joylashtirish, ular o‘rtasida aniq bir ketma-ketlikni o‘rnatish yoki bir tizimga keltirish. Bola tizimlashtirish usullariga ega bo‘lishi uchun, eng avvalo obyektlarning turli belgilarini ajrata olishi, hamda bu belgilarga turli obyektlarni mos qo‘ya olishi kerak. Boshqacha aytganimizda u elementar taqqoslash amallarini bajara olishi lozim. Olti-yetti yoshlardagi bolalarda tizimlashtirishni shakllantirish uchun ularda quyidagi zaruriy ko‘nikmalar bo‘lishi lozim: Obyektni bitta belgi asosida va bir qatorda joylashish qonuniyatini topish. Bu ko‘nikmani rivojlantirish uchun odatda tartiblangan obyektga yana bitta obyektni qo‘shish zarurati haqidagi masalalardan foydalaniladi, lekin qo‘shilgan obyekt qolganlarining joylashish qonuniyatini buzmasligi lozim. Bunday masalani yechish faqatgina shunday qonuniyatni topgandagina amalga oshiriladi. Tasodifiy holda joylashgan obyektlarni qatorlarga tartiblashtirish. Bunday hollarda nisbatan murakkab masalalardan foydalaniladi. Ularda obyektlar betartib holda taqdim etiladi. Bunday topshiriqlar ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Birinchi ko‘rinishdagisida obyektni tartiblashtirish lozim bo‘lgan belgini mustaqil topish ko‘nikmasini rivojlantirish nazarda tutiladi. Bu yerda bolani obyektlarni tahlil qilishi asosida ularning har biriga tegishli bo‘lgan (lekin obyektdan obyektga o‘zgaradigan) muhim belgisini topishga o‘rgatish. Ikkinchi ko‘rinishdagi topshiriq abstrakt belgilardan foydalana olish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bunday belgilar u yoki bu ko‘rinishdagi shaxsiy xususiyatlarni ifodalanganligi va harakatlarni bajarilish sifati bo‘lishi mumkin (har bir bola oldingisiga nisbatan tartib-intizomliligi) va boshqalar. Ular verbal (so‘zlarda) taqdim qilinishi lozim, chunki bola qandaydir tashqi tayanch imkoniyatdan foydalanishga ega bo‘lmasligi kerak. Obyektlarni tartiblanishini u to‘lig‘icha ongida bajarishi lozim. Bunday topshiriqlar nafaqat mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun, balki ongida bajarishni rivojlantirish va tezkor xotira uchun ham juda foydalidir. “Ma’noni bog‘lash” usuliga o‘rgatish. Bola predmetlarni tashqi belgilariga ko‘ra bir-biriga bog‘lashga, taqqoslashga o‘rgatilganidan so‘ng, masalan, shakliga, rangiga, kattaligiga ko‘ra, shundan keyin intellektual jihatdan murakkabroq amallarga – predmetlarni ma’nosiga ko‘ra bir-biriga bog‘lashga o‘rgatishga o‘tish mumkin. Predmetlarni ma’nosiga ko‘ra bir-biriga bog‘lash – ular o‘rtasidagi qandaydir bog‘lanishlarni topish, agar bu bog‘lanishlar predmetlarning va hodisalarning muhim belgilari va xossalariga asoslangan bo‘lsa. Lekin, ikkinchi darajali, unchalik e’tiborli bo‘lmagan xossa va belgilarga ham tayanishni ham bilish muhimdir. Bu bog`lanishlar topish uchun predmetlarni ularning funksiyalariga, nimaga mo‘ljallanganligiga, boshqa ichki xossa va belgilariga e’tiborni qaratib, o‘zaro taqqoslash kerak bo‘ladi. Taqqoslanadigan predmetlar munosobatlarning turli ko‘rinishlariga qarab bog‘langan bo‘lishi mumkin. Masalan, bu “qismi-yaxlitligi” (g‘ildirak-mashina) ko‘rinishdagi bog‘lanishlarga, predmet va hodisalarning qarama-qarshiligiga (tuz-shakar, kun-tun va boshqalar), predmet funksiyalarining o‘xshashligi va qarama-qarshiligiga (ruchka-qalam, qalam-o‘chirg‘ich) va boshqa ko‘rinishdagi munosobatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. “Ma`noni bog‘lash” usuliga o‘rgatish – bu bog‘lanishlarni tezlik bilan topishga o‘rgatishdir. Uning ta’limi quyidagi tartibda olib borilishi lozim: 1.Ikkita ko‘rgazmali taqdim etilayotgan predmetlarni ma’noni jihatdan bog‘lash (rasm-rasm). 2. Ko‘rgazmali taqdim qilinayotgan predmetni, so‘z orqali berilayotgan predmet bilan mos qo‘yish (rasm-so‘z). 3. “So‘z-so‘z” ko‘rinishida taqdim qilinayotgan predmet va hodislarni ma’nosiga ko‘ra moslashtirish. So‘z orqali qandaydir predmet, uning alohida xossalari, tabiat hodisalari va boshqa ko‘plab predmetlar belgilanishi mumkin. eng muhimi bu belgilar va tushunchalar (so‘zlar) bola uchun tanish bo‘lishi muhimdir. Download 167.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling