Rossiya imperiyasi tarkibida o'zbek xalqi etnografiyasi
Download 12.66 Kb.
|
O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixining ba’zi bir nazariy va ilmiy-metodologik masalalari
Rossiya imperiyasi tarkibida o'zbek xalqi etnografiyasi Movaraunnahr yerlarini arablar egallagach, ular bu zaminga turkiy qabilalarini muntazam kirib kelishini to‘xtatish yo‘lini qidirdilar. VIII asr davomida bu zaminga oldinroq kirib kelib o‘rnashib qolgan turkiylarning o‘troqlashishi jadallashdi. Natijada, butun VIII asr davomida Movaraunnahr hududlarida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga keladi, mahalliy sug‘diy zabon aholi orasida turkiylashish jarayoni jadallashdi. Bu davrda nafaqat shahar aholisi tarkibiga, balki qishloq aholisi ichiga ham o‘zbeklarga xos tip – «O‘rta Osiyo ikki daryo oraligi tipi» kirib bordi. K. Shoniyozovning kuzatuvlariga ko‘ra, IX-X asrlarda ham bu etnogenetik jarayon, ya’ni turkiylarning o‘troq hayotga o‘tishi jadal davom etadi. Bu asrlarda Movaraunnahrda garchi siyosiy hokimiyat somoniylar qo‘lida bo‘lsada, Movaraunnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘ldi. Bu kuchli etnik asosni aksariyat ko‘pchilligini o‘troqlashgan turg‘un turklar tashkil etardi. Bu davrga o‘zbek xalqi etnogenezining to‘rtinchi bosqichi sifatida qarash mumkin bo‘lar. Qoraxoniylar davrida Movaraunnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalar qo‘liga o‘tishi munosabati bilan o‘zbek xalqi etnogenezining yakunlovchi bosqichi boshlanadi. O‘zbekka xos turkiy etnos mintaqada qaror topadi. Elatga xos barcha etnik omillar ruyobga chiqadi. Qardosh turkiy tilli xalqlar olimu-fuzalolarini hozirgacha e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan umumturkiy til – Mahmud Qoshg‘ariy tili ichidan qarluq-chigil lahjalari asosida elatning jonli sifatida eski o‘zbek tiliga asos solinadi. Bu jarayon G‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida yuz berdi. Demak, o‘zbek elati xalq sifatida XI-XII asrning birinchi yarmida uzil-kesil shakllandi. O‘zbek xalqining shakllanishi bilan uning etnik tarixi boshlanadi. O‘zbek xalqining etnik tarixi ham uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo‘lib, bu jarayon mintaqada kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining qaror topaboshlagan davrgacha, ya’ni XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarigacha davom etdi. XX asr boshlaridan o‘zbek millatining shakllanish jarayoni boshlandi. Bu tarixiy jarayon hozirgacha davom etmoqda. Download 12.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling