Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish


Download 49 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi49 Kb.
#1012499
Bog'liq
6052-Текст статьи-15042-1-10-20220607


ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH


Norbo‘tayeva Mahliyo
JDPI talabasi


Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini o‘tishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiya berib o‘tilgan. Boshlang‘ich sinflarda innovatsiya bilan ishlash yaxshi samara beradi. O‘quvchilarning darslarda texnologiyadan foydalanish madaniyatini o‘stiradi. Ularning fikrlashini, dunyoqarashini oshirib shakllantradi.
Kalit so‘zlari: boshlang‘ich, sinf, dars, texnologiya, innovatsiya,
Аннотация: В статье даются методические рекомендации по использованию инновационных технологий в обучении родному языку в начальной школе. Работа с инновациями в начальной школе дает хорошие результаты. Формирует их, развивая их мышление и мировоззрение.
Ключевые слова: статья, новичок, занятие, урок, технология, нововведение, использование.
Annotation: This article provides methodological advice on the use of innovative technologies in the teaching of mother tongue in primary school. Working with innovation in primary school gives good results. Forms them by increasing their thinking and worldview.
Keywords: article, beginner, class, lesson, technology, innovation, use.

Yangi asr o‘qituvchisi o‘quvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda darslarda innovatsion texnologiyalaridan foydalanish davr talabidir.


Innovatsion texnologiyalarni boshlang‘ich sinflarning ona tili darslarida joriy etishning eng ahamiyatli jihatlaridan biri - bu o‘quvchilarning o‘z fikr va g‘oyalarini bayon qilishga yonaltirilgan harakatlarning rag‘batlantirilib borilishidir.
Masalan, boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida aniq fan bo‘lganligi uchun o‘qituvchilarda fikr va g‘oyalar muamoli vaziyatlar orqali turmushda uchraydigan muommoli holatlar va undan chiqib ketishning maqbul yo‘llarini topishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Kundalik hayotdagi istimoliy munosabatlarni, tabiat va tabiy hodisalarning o‘rtasidagi aloqalarni badiy ko‘rinishi tarzda yoritish asosida vujudga keltirilgan muomolarni hamkorlikda, ro‘lli o‘yinlar orqali hal etishi mumkin.
Bunday syujetli- ro‘lli o‘yinlarni jamiyat yoki tabiatga bog‘liq darslikdagi maqsadlardan va mashqlardan oladi.
Ayniqsa, ona tili darslarida mashqlar va matnlar bilan ishlashda o‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishida ijodiy o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi.
Innovatsion texnologiya talim tizimining ratsional yo‘llarini ishlab chiqaruvchi jarayon bo‘lib, unda o‘qituvchi asosiy ma’sul shaxs hisoblanadi, chunki uning asosiy vazifasi axborotni o‘quvchilarga tez, aniq, tushunarli tarzda yetkazib berishdan iboratdir.
Bugungi globallashuv jarayoniga yangicha yondashuv asosida o‘qitishning yangidan-yangi usullari qo‘llanishni boshladi. Ulardan biri o‘quvchilarni faol fikrlashga o‘rgatishdir.Bu qiyin ish emas albatta, buning uchun darslarda innovatsion texnologiyalaridan foydalanishi muhim hisoblanadi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, innovatsion texnologiyalaridan biri “Interfaol texnologiyalar” juda yaxshi samara beradi.
O‘qitish jarayonida jarayonida qarama- qarshilik paydo bo‘lgan vaziyatni S. I. Rabinshteyn muommoli vaziyat deb atadi. O‘quvchi o‘qish jarayonida qarama-qarshiliklarga duch kelsa, uning bilishga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi, ya'ni motivatsiya paydo bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilarga punktuatsiya bo‘limini o‘tishda finish belgilarini qo‘llashlari bo‘yicha quydagicha tavsiyani berib o‘tamiz.
Muommoni kelib chiqish sababi:
1.O‘quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan punktuatsion xatolar.
Uni yechish yo‘llarini aniqlash:
1. O‘quvchilar bilan punktuatsion belgilarga oid bo‘lgan mashqlarni korib chiqish.
Muommoning yechimi:
1. O‘qituvchining tez-tez nazorat qilishi va xatolarni bartaraf qilishga komaklashishi
O‘quvchilar bilan o‘qituvchi keng muloqotda bo‘lishi uchun, o‘qitish jarayoni mavzuga doir bo‘lgan muammoni qo‘yishi va shu asnoda uni bartaraf etishi yo‘llarini ishlab chiqishi lozim dep hisoblaymiz.
Ma'lumki, innovatsion texnogiyalarning maqsadi “ilmiy bilish” bilimlar tizimini natijalarini o‘zgartirishi emas, balki natijalarga erishish yo‘lini ham yangiliklar bilan o‘zlashtirishdir. U o‘quvchilarni o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlariga aqliy izlanishi, yangiliklar yaratishi, ijodiy faolliklariga xizmat qiladi [3].
O‘qituvchi innovatsion texnologiyalardan foydalanganda quydagilarni rejalashtirishi zarur:
- o‘rganilayotgan mavzuning maqsad va vazifalari ,shu mavzuga oid bo‘lgan muommoni hal etishini shakllantrish;
- mavzuni o‘rganish bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan texnalogiya va topshiriqlar mazmuni ;
- o‘quvchilarning muommoli topshiriqlarini yechishga xizmat qiluvchi, avvalgi o‘rgangan bilimlar zaxiralari;
- muammoli topshiriqlarini hal etishga yordam beruvchi o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalari;
- topshiriqlarni yechishga qanday ko‘rgazmali qurollar,vositalarini tanlay olishi;
- muammoli topshiriqlarni yechish natijasida bilish va malakalarining taxminiy hajmi;
- bajarilgan ishlar va ularning natijalariga tog‘ri va yangi xulosalar chiqarish va natijalash.
Innovatsion texnologiyalarning mohiyati shundaki, o‘quvchilar o‘zlari dars davomida mustaqil fikrlashlari bilan bir qatorda yangi ijodiy fikrlarni hali yuzaga keltirishlari tabiiy holdir. Shu sababli ham, o‘quvchilar uchun materiallar va topshiriqlar tizimi shundaytuzilishi kerakki, ular asosan, mustaqil fikr bilan bir qatorda yani g‘oyalar yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarni yanada faollashtirish uchun quydagi savollardan foydalanishi mumkin:"Uni bilib olish uchun “Nima qilishi kerak?" "Ushbu muommoni yechimi qanday?" [2]
Aynan shu tufayli o‘quv materialiga muommo shaklida berilishi talab etiladi
O‘qituvchi o‘quvchilarni shu jarayonga jalb etsagina, o‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyati rag‘batlantiradi.
O‘quvchilarning muammo yechimini jarayoniga qatnashuv darajasiga ko‘ra, ta’limning turli darajada shu holda tashkil etilganda farqlanadi. Eng asosiysi o‘quvchilarni ushbu texnologiya orqali mustaqil fikrlashga yo‘naltriladi.
Bundan tashqari ona tili darslarida innovatsion texnologiyalari to’g‘rini-tog‘ri qo‘llash orqali o‘quvchilarni yozma nutq jumlalarini to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni tog‘ri yozishga ma’lum talablar qo‘yilganligi bilan xarekterlanadi.
Yozma nutqni egallashi bo‘yicha bolalarda turli matnlar haqidagi ma’lumotlar yuzaga keladi.
Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlanganligi bois, bolada hali o‘zi yozgan fikrlarini, so‘z va harflarni yozish malakasi hosil bo‘ladi, lekin finish belgilarini qo‘llashga doir bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari sust bo‘ladi.
Agar yuqorida keltirilgan texnologiyadan unumli foydalanilsa, maktab yoshidagi o‘quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uni mazmunini aniqlash, fikrini bayon etishi uchun ma’lumot toplash,muhim jihatlarini ajratib olish uni ma'lum ketma- ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi [2].
Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalligi shundaki;
- ta`limda ko‘rgazmalilik eng birinchi o‘rinlarda turadi;
- o‘quvchini izlanishga undaydi;
- o‘quvchi ta`lim jarayonini bir vaqtning ozida ko‘radi, eshitadi, o‘quchilarga kengroq keng qamrovdagi katta hajimli materiallar I tezroq yetkazib beradi;
- o‘quvchi tafakkurini shakllantradi;
- o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi;
- mashg‘ulotlarni jonli va ijodiy tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi;
- ta`lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab ularni xohlagan vaqtda o‘quvchiga taqdim etadi [1].
Xulosa o‘rnida shuni ta`kidlashi joizki, o‘quvchilarning ta'lim jarayonidagi faolliklarini olishlariga, ularning mashg‘ulotlarni diqqat bilan tinglab, o‘quv materialini tahlil qilib, taqqoslash, xulosalar chiqarish kabi aqliy faoliyatining rivojlanishiga innovatsion texnologiyalar katta yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati:
1. Abdullayeva Q va boshqalar. 2-sinfda o‘qish darslari. -Toshkent: “O‘qituvchi”, 2004.
2. Ishmuhammedov R va boshqalar. “Ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”. Toshkent. 2008 y
3. Ishmuhammedov R va boshqalar. “Ta’lim-tarbiya jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydlanish”. Toshkent. 2010 yil.
4. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G 'ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariyev "Ona tili o‘qitish metodikasi", Toshkent "Nosir" nahsriyoti 2009.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling