Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1430825
  1   2   3   4
Bog'liq
99-102



Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
14-to’plam yanvar 2023 
 
99 
ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI 
QO`LLASH ORQALI MA’NAVIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH 
OMILLARI VA IMKONIYATLARI 
 
Ismailova Zamira Rasuljonovna 
Namangan viloyati Mingbuloq tumani XTB tasarrufidagi 6-IDUM 
Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni 
qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari haqida 
gap boradi 
Kalit so’zlar: Axborot, motiv, ko‘rgazmalilik. 
Axborot — kommunikatsion texnologiyalari barcha sohalar qatori ta’lim 
tizimiga ham izchillik bilan kirib kelmoqda. Jumladan, axborotlashtirilgan 
multimediali ta’lim texnologiyalarini ona tili darslarida joriy etish orqali o‘tiladigan 
mavzular mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘liq va mukammal ravishda singdirish, 
innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ona 
tili darslarida multimedia vositalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos 
afzalliklari ham bor. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
− ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi; 
− o‘quvchini izlanishga undaydi; − o‘quvchi ta’lim jarayonini bir vaqtning 
o‘zida ko‘radi, uni eshitadi, o‘quvchilarga kengroq qamrovdagi va kattaroq 
hajmdagi materiallarni tezroq yetkazib beriladi; 
− o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi;
− o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; 
− mashg‘ulotlarni jonli va muloqotli tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi; 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling