Ona tili darslarida o`quvchi soz boyligini o`stirish usullari mundarija
Download 78.52 Kb.
|
SO`Z BOYLIGI
Ishning maqsad va vazifalari. Leksikologiya so’zlarni o’rganuvchi alohida bo’limdir. So’zlar va ularning ma’nolari imlo va izohli lo’g’atlarda aks etadi. So’zlarni yaxshi bilgan o’quvchi o’z nutqida undan keng va samarali foydalanadi. Morfologiya so’zlarning grammatik ma’nolarini ifodalovchi grammatik shakllarni o’rganuvchi bo’limdir. Morfologiya atamasi grekcha morfe (shakl) va logos (so’z, fan) so’zlaridan paydo bo’lgan. Hozirgi o’zbek adabiy tilini mustaqil va yordamchi so’z turkumlarisiz tasavvur qilish mumkin emas: so’z turkumlari milliy tilning tarkibi va uzviy qismi hisoblanadi. Ot so’z turkumi narsa-buyum, shaxslarni yoki joy nomlarini bildiradigan so’zlardan iborat bo’lsa, sifat so’z turkumi predmetning belgisini bildiradi. Sonning nomini, narsa-buyumning son-sanog’ini, tartibini son so’z turkumi bildirsa, gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so’z birikmasi gap o’rnida qo’llana oladigan, aniq lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan so’zlar olmosh orqali ifodalansa, predmetning harakatini fe’l orqali bilib olinsa, ish-harakat va holatning belgisini ravish orqali aniqlanadi. Shuningdek, gaplarni, badiiy asarni hamda she’rlarni yordamchi so’z turkumlari: ko’makchi, bog’lovchi va yuklamasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ishimizda olmosh so’z turkumi yordamchi so’zlar, fe’l so’z turkumi va so’z gaplarni o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirishga alohida e’tibor qaratdik. Matnlarni izohlab, so’zlarning o’z o’rnida ishlatilishini o’quvchilarga tushuntirish, tahlil qilish va shu asosida o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini va nutqini o’stirish ishimizning bosh maqsadini belgilaydi. Ishning maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgiladik:
- ona tili darslarida nutq o’stirish tamoyillari haqida; - olmosh so’z turkumini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; - yordamchi so’zlarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; - so’zlarning aloqa – munosabat shakllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; - fe’l mayllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; - zamon shakllarini o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; - so’z gaplarni o’rgatish jarayonida nutq o’stirish; mustaqil va yordamchi so’z turkumlari haqida tushuncha berish; so’z turkumlarida so’z yasalishi haqida tushuncha berish; so’z turkumlarining asar matni tahlilidagi o’rnini izohlash; matn tarkibida va gapdagi so’z turkumlarini tahlil qilish orqali o’quvchilarning so’z qo’llash, so’zdan o’rnli foydalanish ya’ni nutq o’stirish malakalarini shakllantirish asoslarini ko’rsatish; o’quvchilarda badiiy asar va she’riyatga bo’lgan qiziqishni hamda so’z turkumlarini bir-biridan farqlashni kuchaytirish va ulardan o’z o’rnida foydalanishni o’rgatish kabi xususiyatlarni ochib berish Download 78.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling