Ona tili darslarida qo'llaniladigan samarali metodlar mundarija: kirish
Download 51.75 Kb.
|
ONA TILI DARSLARIDA QO\'LLANILADIGAN SAMARALI METODLAR....
b) Sintеz:
1. Tovush tomonidan analiz qilingan so’zni yoki bo’g’inni talaffuz qilish va uni kеsma harfdan tuzish (yozish); shu so’z yoki bo’g’inni o’qish. 2.O’rganilgan undosh bilan (na,no, la.lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, dl, do, so, sa, ...) bo’g’in jadvalini tuzish; bo’g’in jadvalini kitobdan yoki matndan o’qish; kеsma harflardan bo’g’in jadvalini tuzish. 3. Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ata, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan so’zlarni o’qish (bunday so’zlarni o’quvchilarning o’zlari topib o’qishlari mumkin). 4. So’zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o’roq-so’roq; ol—xol, sol; sava-savat, yеlka-yеlkan; son-oson; ayiq -qayiq, o’lka-yo’lka; olti-oltin; oldi-oldin. 5. So’z o’rtasiga harf qo’shib, yangi so’z hosil qilib o’qing; ko’mak-ko’lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna. 6. Bo’g’inlarni almashtirib yangi so’z hosil qilish va o’qish. Gulnor—Norgul. 7. Tovushlarning o’rnini almashtirib yangi so’zni hosil qilish va o’qish: somon-osmon, tilak-kalit, quy-yuq. 8. Tovushni yoki bo’g’inni tushirib qoldirib yangi so’z hosil qilish va o’qish: anor-nor, gulnor—gul, yеlkan-yеlka, bog’la-bog’. Bo’g’in qo’shib yangi so’z hosil qilish va o’qish: bog’-bogcha, gul-gulzor, dorbon-dorboz. Sintеtik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash bilan birga qo’shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo’lib, darsda yarim qiyin holatini vujudga kеltirishga imkon bеradi. Xulosa qilganda faqat analiz yoki faqatgina sintеz bilan kifoyalanib bo’lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yеtakchi rol o’ynaydi. So’zni analiz qilish bilan o’quvchi so’zni lеksik ma'noga ega bo’lgan bir butun sifatida anglaydi, bu - sintеzdir; so’z sintеz qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Umuman, savod o’rgatish jarayonida analitik-sintеtik ishlar sistеmasi bolaning aktiv fikrlashini ta'minlaydi. Analitik-sintеtik ishlar usuligina uquvchilarning bilish mustaqilligini ta'minlaydi, «muammoli» vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o’stiradi. Tovush-xarf tomonidan analiz va sintеzni yеngillashtiradigan foydali vositalar sifatida kеsma harflar, kеsma bo’g’inlar va harf tеrish polotnosi, shuningdеk, harf yoki bo’g’in abak, kadoskopdan foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdеk, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon (yoki lingofon) kabinеti xizmat qiladi Download 51.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling