Ona tili darslarida qo'llaniladigan samarali metodlar mundarija: kirish


II.BOB.Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi


Download 51.75 Kb.
bet12/17
Sana24.10.2023
Hajmi51.75 Kb.
#1718414
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
ONA TILI DARSLARIDA QO\'LLANILADIGAN SAMARALI METODLAR....

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Metod
II.BOB.Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi
2.1 .Savod o‘rgatish mashqlarining asosiy turlari
Savod o’rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim matеriallarni amaliy asosda o’zlashtira boradilar, ya'ni ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy ma'lumot bеrilmaydi.
Bolalar ogzaki va yozma nutqni o’zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o’quv yilining ikkinchi yarmida yoki kеyingi sinflarda o’rganiladigan mavzularni o’zlashtirishga tayyorlayanadilar.
Savod o’rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Ali, Omon, Olim, Naima kabi juda ko’p ismlarni o’qiydilar va kishilarning rasmlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o’zlashtira boradilar. Bu bilan ular o’quv yilining ikkinchi yarmida o’rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o’zlashtirishga tayyorlanadilar. Til-dil, olti-oldi kabi so’zlarni o’qishni mashq qilish jarangli va jarangsiz undoshlarni o’zlashtirishga, son-sana, gul—gulchi-guldon—gulzor, bor-bogbon-borcha kabi so’zlarni o’qishni mashq qilish esa bolalarni «O’zakdosh so’zlar» mavzusini o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Bilimlarni amaliy o’zlashtirish mashqlari sistеmasi boshlang’ich sinflar grammatika va imlo programmasining bosqichli izchillik prinsipi asosida tuzilishiga mos kеladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda ma'lum nutq tajribasi, til hodisalarini, so’zni, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so’zlar bilan bog’langanda o’zgarishini kuzatish tajribasi to’plana boradi. Mana shu tajribalar asosida o’quvchilar nazariy umumlashmalarni o’zlashtiradilar, bular asosida esa grammatik tushuncha va orfografik qoidalar shakllanadi.
Metod aslida yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi[1]. Metodika (yun. “methodike”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot[2]  ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir.

Download 51.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling