Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet82/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

Umumiy masalalar
1. O’zbek tilidagi so’zlarning miqdori qancha deb hisoblanadi?
A) 80-100 mingdan ortiq
B) 100-120 mingdan ortiq
C) 150-160 mingdan ortiq
D) 50-70 mingdan ortiq
2. Alisher Navoiy asarlari bo’yicha E.Fozilov rahbarligida tuzilgan lug’atda necha so’z bor?
A) 60.000 ga yaqin so’z
B) 70.000 ga yaqin so’z
C) 50.000 ga yaqin so’z
D) 100.000 ga yaqin so’z
3.Yo’q so’zini jo’q , yo’l so’zini jo’l deb atovchilar o’zbek tilining qaysi guruh shevalariga mansub?
A) janubiy-sharqiy guruh
B) janubiy-g’arbiy guruh
C) shimoliy-g’arbiy guruh D) B, C
4.O’zbekistonning Davlat tili haqidagi Qonuniga qachon ayrim o’zgarishlar kiritilib, yangi tahrirda qabul qilindi?
A) 1989-yil 21-oktabrda
B) 1995-yil 21-dekabrda
C) 1995-yil 24-avgustda
D) 1991-yil 1-sentabrda
5.Hozirgi tilimizdagi meniki , Ahmadniki kabi so’zlar eski o’zbek tilida qanday shaklda bo’lgan?
A) manim, Ahmadning
B) maniki, Ahmadniki
C) maning turur, Ahmadning turur
D) mendagi, Ahmaddagi
6. O’zbek tilining davrlashtirilishi qaysi javobda to’g’ri berilgan?
1. Miloddan oldingi davrdan X asrgacha (qadimgi turkiy til) 2. XI-XIV asrlar (eski turkiy til) 3. XV-XIX asrlar (eski o’zbek tili)
4. XX asrdan shu davrgacha (hozirgi o’zbek tili)
A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4
7. Turkiy tillarga oid eng qadimiy yozma matnlar qaysi davrga tegishli?
A) eramizning birinchi asriga
B) eramizning beshinchi asriga
C) eramizning VIII asriga
D) eramizdan oldingi birinchi ming yillikka
8. O’rxun yozuvi qachondan boshlab tamoman iste’moldan chiqib ketgan?
A) VIII asrdan keyin B) X asrdan keyin
C) XI asrdan keyin D) XV asrdan keyin
9. O’rxun yozuvining yana qanday nomlari bor?
A) arab B) uyg’ur
C) turkiy-runik D) sug’d
10. O’rxun yozuvi qaysi asrlarda turkiy xalqlar o’rtasida keng tarqalgan edi?
A) V-VI asrlarda
B) V-X asrlarda
C) X-XII asrlarda
D) VII-VIII asrlarda
11. Uyg’ur yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan?
A) arab B) dulbarchin C) sug’d D) turkiy-runik
12. Uyg’ur yozuvi qachongacha iste’molda bo’lgan?
A) XI asrgacha B) XV asrgacha
C) XVII asrgacha D) IX asrgacha
13. Qaysi asarlarning uyg’ur yozuvidagi nusxalari mavjud?
1. “Qutadg’u bilig” 2. “Hibatul haqoyiq”
3. “Muhabbatnoma” 4. “Xamsa”
5. “SHayboniynoma” 6. Lutfiy g’azallari
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 3, 4.5
D) sanalganlarning barchasi
14. SHu davrgacha yaratilgan ruscha-o’zbekcha lug’atlarning eng mukammali necha jilddan iborat?
A) 2 jild B) 3 jild
C) 4 jild D) 5 jild
15. O’zbek adabiy tili mazmuniga ko’ra qanday bo’limlardan iborat?
A) alifbo, imlo, tinish belgilari
B) fonetika, leksika, sintaksis
C) morfologiya va sintaksis
D) fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis
16. O’zbek adabiy tili qo’llanishiga ko’ra qanday bo’limlardan iborat?
A) alifbo, imlo, tinish belgilari
B) fonetika, leksika, morfologiya
C) alifbo, imlo, talaffuz, tinish belgilari, uslub
D) fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis
17. Qachon “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy qilish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi?
A) 1995- yil 24- avgustda
B) 1992- yil 2- sentabrda
C) 1995- yil 21- dekabrda
D) 1993- yil 2- sentabrda
18. O’zbek tilshunosligining amaliy bo’limini ko’rsating.
A) fonetika B) leksika
C) orfoepiya D) sintaksis
19. Vatanimiz – kelgusida buyuk davlat bo’ladi. Ushbu gapda nima sababdan tire qo’langan?
A) ega bosh kelishikdagi ot bilan ifodalangani uchun
B) ega mantiqiy urg’u olgani uchun
C) kesim egaga bo’ladi bog’lamasi bilan birikkani uchun
D) tire qo’llanmasligi lozim edi
20.Oltoy tillar oilasiga qaysi til tarmoqlari kiradi?
A) slavyan, german, boltiq guruhlari
B) turk, mo’g’ul, yapon guruhlari
C) fin, ugor guruhlari
D) dog’iston, g’arbiy guruhlari


Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling