Ona tili fanidan mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko‘rsatma Referat Glossariy Test savollari Mavzu bo’yicha savollar
Download 13.37 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil talim 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izoh! Har bir talaba ro‘yxatdagi raqamidan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim mavzusini tanlaydi va javob taqdim etadi.
- Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
- Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular
Ona tili fanidan mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko‘rsatma Referat Glossariy Test savollari Mavzu bo’yicha savollar 1. 15-20 betdan iborat bo‘lishi lozim. 2. Mavzuga oid muhim atamalar izohi (kamida 10 ta atama) 3. 8 ta test savollari 4. 2 tadan savol tuzib, savollarga javob yozish Izoh! Har bir talaba ro‘yxatdagi raqamidan kelib chiqqan holda mustaqil ta’lim mavzusini tanlaydi va javob taqdim etadi. Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar daftarga yoziladi hamda pdf holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda(har bir betiga) yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd qilinmagan, ro’yxat bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari baholanmaydi. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1. Tashqi manba asosida leksika kengayishi, uning asosiy yo’llari, usullari. 2. So’z ma’nosi taraqqiyotining asosiy omillari(lingvistik, ekstralingvistik). 3. Eski qatlam(istorizm, arxaizm) tasnifi. 4. Neologizmlar tahlili. 5. Zamonaviy so’zlarning leksikadagi ahamiyati. 6. So’zlarning faol-nofaolligini belgilash tamoyillari. 7. Umumxalq ishlatadigan va ishlatmaydigan so’zlar tasnifi. 8. Badiiy matnda dialektizmlar qo’llanishi. 9. Eski qatlam kasb-hunar atamalariga badiiy matndan misollar. 10. Terminlarning nutqda qo’llanishi. 11. So’zlar etimologiyasini lug’at yordamida aniqlash. 12. Terminlarni standartlashtirish muammolari. 13. Eskirgan, ammo uslub talabi bilan qo’llanuvchi so’zlar. 14. Neologizmlarning leksikaga munosabati. 15. Ilmiy atamalarning nutqda qo’llanishi. 16. Jargon-argolarning badiiy nutqda qo’llanishi. 17. Vulgarizm-varvarizmlarning nutqda qo’llanishiga misollar. 18. Lug’at tarkibining boyishida derivatsiyaning o’rni. 19. OAV va adabiy me’yor munosabati. 20. Tabu va evfemizmlarning nutqdagi ahamiyati. 21. Disfemizmlarning nutqni buzishini misollar bilan tushintiring. 22. leksik dubletlar va variantdosh so’zlar haqida. 23. Hissiy-bo’yoqdor so’zlarning qo’llanishiga misollar. 24. Ijobiy va salbiy bo’yoqdor so’zlar qiyosi. 25. Nutqning funksional uslublari haqida. 26. Emotsional-ekspressiv bo’yoqning ifodalanish usullari(leksik, metaforik, affiksal, kontekstual). 27. Nutq uslublari o’rtasidagi farqli belgilar. 28. Qo’llanmalar(ekzotizm va kiritma) ishlatilashiga misollar. 29. Mustaqillik yillarida o’zlashgan neologizmlarga misollar. 30. Papafraza va frazemalar differensiyasi. 31. Frazeologiya sohasi tarixi. 32. Iboralarning nutqda qo’llanishiga misollar. 33. Iboralarning shakllanish guruhlariga misollar. 34. Iboralarda shakl va ma’no munosabatlari. 35. Frazemalarning semantik birikuvchanlik darajasiga ko’ra tasnifi. 36. Onomastika turlariga misollar. 37. Palindromlarga misollar keltirish. 38. Leksikografiyaning mohiyati. 39. Lug’at turlari va tiplari tasnifi. 40. Lug’atchilik tarixi. 41. O’zbek lug’atchiligining ilk davri. 42. O’rta asrlar o’zbek lug’atchiligi. 43. XIX asr oxiri – XX asr boshi o’zbek lug’atchiligi. 44. Yangi davr o’zbek lug’atchiligi. Download 13.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling