Ona tili fanidan nazorat ishi III chorak


Mavzu: Sifat –so`z turkumi O`quv materiali: Qishda (320-mashq) Maqsad


Download 270 Kb.
bet3/20
Sana31.01.2023
Hajmi270 Kb.
#1142150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
nazorat ishi 4-sinf kitobcha

Mavzu: Sifat –so`z turkumi
O`quv materiali: Qishda (320-mashq)
Maqsad: O‘quvchilarning to`liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalay bilish ko`nikmasini va savodxonligini aniqlash va kompetensiyalarini aniqlash.


Nazorat shakli: Insho
Reja:

  1. Qish faslida tabiatning ko‘rinishi.

  2. Bolalar tabiat quchog‘ida.

  3. Qish zavqi.

Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari:
Bilim:
-matnda gaplarning mazmunan bog`lanishini;
-gapda so`zlarning mazmunan bog`lanishini;
-gapning bosh bo`laklarini;
-gapning ikkinchi darajali bo`laklarini;
-sifat so`z turkumini.
Ko`nikma:
-rasmdagi holatlarni to`liq ko`ra bilish va ularni zarur so`zlar va sifatlar asosida ifodalash;
- rasmdan foydalanib reja asosida tuzgan hikoyasini to‘liq bayon etish;
- fikrini yozma ifodalashda gaplarni to‘g‘ri tuzish;
-gaplarda tinish belgilarini to`g`ri ishlatish;
-fikr ifodasida so`zlardan o`rinli foydalanish;
-gapda so`zlarni to`g`ri bog`lash;
- rejaga muvofiq fikrni xatboshidan yozish.
Malaka:
-reja va uning qismlarini to`g`ri joylashtirish;
-insho matnini husnixat bilan yozish.
10-NI
Mavzu: Son – so`z turkumi
O`quv materiali: Sovuq sharbat ichmang
Maqsad: O`quvchilarning son haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash va kompetensiyalarini aniqlash.
Nazorat shakli: Saylanma diktant
Topshiriq: Sonlarni o`zi bog`langan so`z bilan yozing. Qavs ishida sonning ma`no turini yozing.

Sovuq sharbat ichmang


Ikki o`rtoq - Shuhrat bilan Jasur dam olish kuni istirohat bog`iga bordi. Ular bir soat chamasi bog`ni tomosha qilishdi. U yoqdan bu yoqqa chopib o`ynashdi.
Shuhrat juda terlab ketdi. U yugurgancha borib ikki payola muzdek sharbat olib ichdi.
Kechqurun Shuhratning hamma a`zosi titray boshladi. Keyin isitmasi chiqdi. Onasi tes yordam chaqirdi. Shifokor dori berdi. Shuhrat bir-ikki kun yotdi. Uchinchi kun maktabiga bordi. U o`rtoqlariga muzdek sharbat ichmaslikni maslahat berdi.

Download 270 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling