Ona tili fanidan nazorat ishi III chorak
Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari
Download 298 Kb.
|
2 5474664575917883631
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
- Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari
Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari:
Bilim: - ot - soz turkumini; -shaxs va narsa otlarining imlosini; -otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishini; -otlarning egalik qo`shimchalari bilan qo`llanishini; -otlarning kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanishini; - ot yasovchi qo`shimchalarni; - ketma- ket kelgan bir xil undoshlarni. Ko`nikma: - otlarni ma`nosi va so`roqlariga ko`ra boshqa turkumlardan farqlash; - otlarni ma`nosi va so`roqlariga ko`ra ajratish; -shaxs va narsa otlarini farqlash; - ko`plikda otlarni to`g`ri yozish; - egalik qo`shimchalarini to`g`ri yozish; - kelishik qo`shimchalarini to`g`ri yozish; - ot yasovchi qo`shimchalarini to`g`ri yozish; -so`zlarni bo`g`inlab to`g`ri ko`chirish; -gaplarni, ism va familiyalarni bosh harf bilan yozish. Malaka: -shaxs otlarini bosh harf bilan yozish; -narsa otlarini kichik harf bilan yozish; -so`zlarni husnixat bilan yozish. 9-NI Mavzu: Sifat –so`z turkumi O`quv materiali: Qishda (320-mashq) Maqsad: O‘quvchilarning to`liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalay bilish ko`nikmasini va savodxonligini aniqlash va kompetensiyalarini aniqlash. Nazorat shakli: Insho Reja: Qish faslida tabiatning ko‘rinishi. Bolalar tabiat quchog‘ida. Qish zavqi. Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari: Bilim: -matnda gaplarning mazmunan bog`lanishini; -gapda so`zlarning mazmunan bog`lanishini; -gapning bosh bo`laklarini; -gapning ikkinchi darajali bo`laklarini; -sifat so`z turkumini. Ko`nikma: -rasmdagi holatlarni to`liq ko`ra bilish va ularni zarur so`zlar va sifatlar asosida ifodalash; - rasmdan foydalanib reja asosida tuzgan hikoyasini to‘liq bayon etish; - fikrini yozma ifodalashda gaplarni to‘g‘ri tuzish; -gaplarda tinish belgilarini to`g`ri ishlatish; -fikr ifodasida so`zlardan o`rinli foydalanish; -gapda so`zlarni to`g`ri bog`lash; - rejaga muvofiq fikrni xatboshidan yozish. Malaka: -reja va uning qismlarini to`g`ri joylashtirish; -insho matnini husnixat bilan yozish. 10-NI Mavzu: Son – so`z turkumi O`quv materiali: Sovuq sharbat ichmang Maqsad: O`quvchilarning son haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash va kompetensiyalarini aniqlash. Nazorat shakli: Saylanma diktant Topshiriq: Sonlarni o`zi bog`langan so`z bilan yozing. Qavs ishida sonning ma`no turini yozing. Sovuq sharbat ichmang Ikki o`rtoq - Shuhrat bilan Jasur dam olish kuni istirohat bog`iga bordi. Ular bir soat chamasi bog`ni tomosha qilishdi. U yoqdan bu yoqqa chopib o`ynashdi. Shuhrat juda terlab ketdi. U yugurgancha borib ikki payola muzdek sharbat olib ichdi. Kechqurun Shuhratning hamma a`zosi titray boshladi. Keyin isitmasi chiqdi. Onasi tes yordam chaqirdi. Shifokor dori berdi. Shuhrat bir-ikki kun yotdi. Uchinchi kun maktabiga bordi. U o`rtoqlariga muzdek sharbat ichmaslikni maslahat berdi. Download 298 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling