4-sinf nazorat ishlari to'plami
4- sinf Ona tili
I-chorak uchun nazorat ishlari
1-NI
Mavzu: Gap . Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari. His- hayajon gaplar.
O’quv materiali: .
Maqsad: O’quvchilarning gap va uning turlari yuzasidan bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish.
Nazorat shakli: Diktant
2 – NI
Mavzu: Gap. Gap bo`laklari. Gapda so`zlarning bog`lanishi.
O`quv materiali: 33-mashq.
Maqsad: O’quvchilarning to`liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalash bilim, ko`nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish. Nazorat shakli: Insho
Qovun sayli
Reja namunasi:
1. Tog`amning taklifi
2. Chaylada
3. Rais bilan musobaqa
3-NI
Mavzu:Gapning uyushiq bo`laklari.
O`quv materiali: Ona mamnun.
Maqsad: O’quvchilarning o`qilgan matn mazmunini to`liq qayta hikoyalash asosida yozma ifodalay olish, bilim, ko`nikma, malaka va kompentensiyalarini tekshirish.
Nazorat shakli: Bayon
Ona mamnun
Hanifa opa qizlariga guldor, chiroyli matolardan bejirim kiyimlar tikib beradi. Sochlariga qip-qizil lenta bog`lab qo`yadi. Maktabga qo`g`irchoqdek qilib jo`natadi. Fotima bilan Zuhraga hammaning havasi keladi.
Hanifa opa bexosdan zinadan yiqilib tushdi. U oyog`ini ushlagancha o`tirib qoldi.
Tez yordam mashinasini chaqirishdi. Shifokor qizlarning opasini kasalxonaga olib ketdi. U ancha kun davolandi. So`ngra uyiga qaytib keldi.
Onaning oyog`i gipslangan. Hanifa opa o`rnidan zo`rg`a turardi, zo`rg`a o`tirardi, zo`rg`a yurardi.
Fotima bilan Zuhra onasiga mehribon. Ular onasiga navbat bilan qarashadi. Ona qizlarining yordami bilan tezda tuzalib ketdi. U qizlaridan juda mamnun. (90 so`z)
(Reja sinf jamoasi bilan birga tuziladi)
Reja namunasi:
Hanifa opaning mehribonligi.
Hanifa opaning jarohati.
Opa qizlaridan mamnun.
Do'stlaringiz bilan baham: |