Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining tuzilishi
Download 311.92 Kb.
|
MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA YARATILGAN 2 SINF ONA TILI VA OʻQISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA YARATILGAN 2-SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLIGINING TUZILISHI REJA: Kirish Asosiy qism Bob. Boshlang`ich ta`lim bo`yicha Milliy o`quv dasturining yaratilishi Milliy o`quv dasturining afzalliklari, amaldagi dasturning kamchiliklari. 2- Sinf ona tili va o`qish savodxonligi darsligining eski 2-sinf ona tili darsligidan farqi Bob. Yangi Milliy oʻquv dasturi asosida tayyorlanayotgan Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligi ta’limga yangiliklar olib kirilishi Yangi Milliy oʻquv dasturi asosida tayyorlangan ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklaridagi olib kirilgan yangiliklar Milliy oʻquv dasturi asosida boshlang’ich sinflarda ona tili va oʻqish savodxonligi fanining oʻqitilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Shu paytgacha Ona tili va Oʻqish fanlari alohida oʻqitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan dars soati saqlab qolingan holatda tashkil etiladi. Oʻqish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida koʻmaklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat. Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan. Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi. Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urg‘u berilgan. Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi. Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg‘u berilgan. Ya’ni asosiy e’tibor soʻz, uning ma’nolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lug‘at boyligi kabi tomonlarga qaratilgan. Amaldagi darslikdan oʻrin olgan matnlarda bola yoshiga mos boʻlishidan koʻra, didaktik ahamiyatiga urg‘u berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda she’rlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan. Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan. Download 311.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling