Zarmed universiteti


Download 140.72 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi140.72 Kb.
#1502619
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6mavzu


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ZARMED UNIVERSITETI
SIRTQI TA`LIM FAKULTETI
4-14 MTS 22 GURUH TALABASI
Jafarova Sarvinoz
BADIIY TAFAKKURNI O’STIRISH ASOSLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI

MAVZU: DIDAKTIK ADABIYOT VA PANDNOMALARNING BOLALAR KITOBXONLIGIDAGI O’RNI


ILMIY RAHBAR: _______________________________________

Kurs ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi


__________ sonli bayonnomasi “____” _______________ 2023 yil




BUXORO-2023
DIDAKTIK ADABIYOT VA PANDNOMALARNING BOLALAR KITOBXONLIGIDAGI O’RNI

Reja:

KIRISH
1.. Sa’diy Sheroziyning pedagogik qarashlari.
2. Kaykovusning «Qobusnoma» si- yirik pedagogik pandnoma.
3. Ahmad Yassaviyning pedagogik fikrlari.
4. Firdavsiyning «Shohnoma» sida tarbiyaviy g’oyalar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Didaktika va didaktik adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari. "Didaktika" yunoncha so'z bo'lib, "o'qitadigan", "o'rgatadigan" degan ma'nolarni bildiradi. "Didaktik adabiyot" deganda esa pandu hikmat, nasihat, o`git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi.


Didaktik mazmud adabiyotda, xususan o’zbek mumtoz adabiyotida turli-tuman shakllar va janrlarda o’z ifodasini topadi. Xususan, hikoyat, doston, she’riy janrlar vahokazo. Bular orasida doston janri alohida o’ringa ega. Bu holat asosan yozma adabiyotga xos. Didaktik dostonchilik adabiyotimizda qadim an'analariga ega. Bu haqda Muhammad Qoshg'ariy "Devonu lug'otit turk"da ma'lumot berib o'tadi va she'riy yo'l bilan pand-nasihat aytuvchi bilimdon donishmand kishilar ko'p bo'lganini xabar qiladi. Bizning adabiyotimizda didaktik dostonning ilk namunalari "Qutadg'u bilig" va "Hibat ul -haqoyiq"dir. Didaktik adabiyot degan tushuncha esa pand-nasihat ruhidagi xilma-xil janr va turlarda yozilgan asarlarni qamrab oladi.
Qoraxoniylar davlati va turkiy tildagi badiiy ijodning shakllanishi. X-XII asrlar turkiy xalqlar adabiyoti tarixida alohida o’rin egallaydi. Mazkur davrda arab xalifaligi o’rnida birin-ketin yuzaga kelgan mahalliy davlatlar: somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar davlati Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Ularning markazlari bo`lgan Samarqand, Buxoro, Qashg’ar, Bolasog’un, G’azna, Nishopur, Isfahon, Xorazm kabi shaharlar madaniy markaz maqomiga ega bo`lib, ularda ilm-fan, san`at va madaniyat rivojlandi. Aynan turkiy til va bu tildagi adabiyotning ravnaq topishi qoraxoniylar davlati bilan bog’liq.
Qoraxoniylar davlati X asr boshlarida Yettisuv atrofidagi turkiy qabila va elatlarning birlashishidan yuzaga kelgan sulola bo’lib, markazi Bolasog’un (Qo’z o’rdu) va Qashg’ar (O’rdukent) shaharlari edi. Asr oxiriga borib ular janubiy g’arbiy hududlarni ham somoniylardan tortib oldi, ma’lum muddat Samarqand qoraxoniylarning g’arbiy poytaxtiga aylandi. Qoraxoniylar davlatida turkiy tilga alohida e’tibor qaratildi, bu tilda ijod qilish rag’batlantirildi. Natijada Qashg’ar turkiy adabiy tilning markaziga aylandi, hatto turkiy tilga nisbatan “qoshg’ariy til” atamasi qo’llana boshladi (“Hibat ul-haqoyiq”). Qoraxoniylar qo’l ostidagi hududlarda yagona adabiy til shakllana boshladi. XI asrga kelib Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yygnakiyninng “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviy hikmatlari kabi turkiy adabiyotning nodir namunalari maydonga keldi.

DIDAKTIK ADABIYOT – badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiy-ta’limiy, ilmiy-falsafiy, diniy bilimlar va g’oyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik adabiyot ildizi xalq og’zaki ijodiga borib taqaladi (masalan, “Qobusnoma”). G’arb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida Didaktik adabiyot uzoq tarixga ega. Didaktik adabiyotga doir ilk namunalar Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida uchraydi. O’zbek mumtoz adabiyotidagi Didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyik” dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, ma’rifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari she’riy shaklda bayon etilgan. Didaktik adabiyotdan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (masalan, Ibn Sinonpnt tabobatga oid “Urjuza” she’riy asari). Didaktik adabiyotga xos bo’lgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirg’oniy Sulaymon, So’fi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar. 20-asr o’zbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va boshqalar ijodida pand-nasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qo’llanmalarida ta’lim-tarbiyaga oid Didaktik adabiyot namunalari ko’plab uchraydi.


Download 140.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling