Zarmed universiteti


Download 140.72 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi140.72 Kb.
#1502619
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6mavzu

«So’z bir maydir, undan bosh og’rig’i paydo bo’lur,
So’z bosh og’rig’iga darmon ham bo’lur».
Ey, farzand, yaxshilik qil va qilgan yaxshiligingdan hargiz pushaymon bo’lma. Bir kishiga yaxshilik qilsang, u kishi bundan qanchalik xursand bo’lgan bo’lsa, sening ko’nglinga ham undan ko’proq shodlik va hurramlik etishadi.
Har kishi o’z badanini o’ziga bo’ysundirsa, ilm-ma’rifat o’rganishi bilan ikki jahonning baxt-saodatini topadi. Barcha bilim-ma’rifatning asosi odob, kamtarlik, hayo, poklik, parhez qilish, beozorlik, sabrdir, hayo imonga tegishlidir. Yaramas ishlardan, yolg’ondan, qanoatsizlikdan uyal, to’g’ri so’z va manfaatli ishdan sharm qilmag’il.
Nodon bilan ham suhbat bo’lmag’il,
O’z jahlingga xursand bo’lmag’il.
Yaxshi nom chiqargan kishilar bilan suhbat qilg’il, yaxshilar suhbatidan yaxshi nomga ega bo’lasan. Ey farzand, ilmingga mag’rurlanma. Kimki ilmiga mag’rurlansa, albatta, hamisha pushaymon bo’ladi. Yoshlarning ilm o’rganishi Kaykovusning diqqat markazida turdi. Uning fikricha, ilm (fan) insonning har tomonlama taraqqiy qildiradi, u tabiyot, astronomiya va muzika ilmlariga diqqat bilan qaradi, bu ilmlarni o’rganishini har bir yoshning vazifasi deb biladi.
Kaykovus 27- bobda farzandni parvarish qilish haqida fikr yurgizadi.
Har turli ilm va hunarni farzandingga o’rgatgaysan, ilm-hunar o’rgatishda kamchilikka yo’l qo’ymag’il va har bir ilmni o’rgatishda muallimlar ta’lim uchun ursalar, sen farzandingni ayamagil, muallimlarning urishiga ruxsat bergil, chunki yosh o’g’lon ilm va odobni tayoq bilan o’rganadi. Farzandning ko’ziga o’zingni haybatli ko’rsatgil, toki seni xor qilmasin, hamisha sendan hayqib yursin.
Kaykovus o’z asarida yoshlarning xulq-atvoriga alohida e’tibor berdi. Yoshlarning insonparvar bo’lishini, xalqqa shirin muomala qilishini ta’kidlaydi.
«Qobusnoma» hayotiy va amaliy masalalarni yoritadi. Avtor bu masalalarni o’z turmushida ko’rgan va uchratgan. Bu problemalarni Kaykovus hikoyalar, maqollar va donishmandlarning hikmatli so’zlari bilan isbotlaydi. Shuning uchun ham «Qobusnoma» XI asr Sharq pedagogikasi tarixida g’oyat qimmatli asar hisoblanadi.


Download 140.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling