Zarmed universiteti


-masala. Sa’diy Sheroziyning pedagogik qarashlari


Download 140.72 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi140.72 Kb.
#1502619
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6mavzu

4-masala. Sa’diy Sheroziyning pedagogik qarashlari
Sa’diy Sheroziy haqida ma’lumot bermoqchi bo’lsak, taxallusi Sa’diy: to’liq ismi Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibn Mushrifiddin. Sa’diy fors-tojik shoiri va mutafakkiri. Shayx sa’diy ruhoniy oilasida tug’ilgan. Sa’diy Sheroziy (1184-1292) O’rta va Yaqin Sharq o’lkalarida Shayx Sa’diy nomi bilan mashhur. Sa’diy Sheroziy Bog’doddagi «Nizomiya» madrasasiga tahsil oladi, 20 yildan ortiq sayohati davomida Makkaga boradi. Yaman, Rum, Hind, Qashqar kabi Yaqin Sharq mamlakatlarini kezib chiqadi. Mana shu ko’rgan-kechirganlari orqali axloqiy-falsafiy asarlar yaratdi. Damashqda «Bo’ston» («Sa’diynoma») asarini 1257 yilda hamda Sherozda 1258 yil «Guliston» asarlarini yozadi va Sherozlik hukmdor Abu-Bakr ibn Sa’dga taqdim etadi. Ularda oddiy xalq hayoti dehqon, hunarmand va darveshlar obrazi orqali talqin qilingan. «Guliston» o’ziga xos didaktik hikoyalar va she’riy aforizmlar to’plamidir. «Guliston» asarida Sa’diy Sheroziy bilim olish yo’llarini va foydasini ko’rsatib o’tadi. U insondagi yomon xislatlarni orttiradigan, uni hatto yolg’onchilik, o’g’rilikka boshlaydigan, dag’dag’a, janjal chiqarib, inson sharafini pastga uradigan kishilarni qattiq qoralaydi. Sa’diy Sheroziy hayotda mardonavor mehnatga, rostgo’ylikka, bilim, hunar orttirishga chaqiradi, shoir o’z asarida sofdillik va xalqparvarlik, jasurlik, rostgo’ylik, samimiyat xislatlarini tarbiyalaydi. Mehnatsiz non topish, aqldan emasligini o’qtiradi:
Halol ishla, mardlarcha ayshingni sur,
O’zi ishlamay esa, nomard erur.
Dil, agar rostlikni etsang ixtiyor,
Dunyo xalqi senga bo’lur do’stu-yor.
Sa’diy Sheroziy bolaga tarbiyani yoshlikdan berish kerakligini alohida ta’kidlaydi, bardoshli qilib mehnatda tarbiyalash lozim deydi. U ilm o’rganish bilan birga unga amal qilish lozimligini ko’rsatadi.
Harchand o’qibsan-bilimdonsan,
Agar amal qilmading-nodonsan.
Yemak, uxlamak-vahshiy hayvon ishi,
Shu odatni qo’llar aqlsiz kishi.
Adabiyotshunoslar nazarida fors-tojik klassik poeziyasining eng porloq asari Firdavsiyning «Shoxnoma» si bo’lsa, nasriy asarlarning eng barvastasi «Guliston» hisob-lanadi. Bu ta’limiy asarda Sa’diy Sheroziy o’z davridagi eng muhim, katta-katta siyosiy masalalarni, voqealarni aks ettirsa, axloqiy normalarni talqin etar ekan o’sha davr kishilarining xlima-xil obrazlarini yaratdiki, bu obrazlarning umumlashtiruvchi kuchi ham, ta’sir doirasi ham shoirning o’z yurti va davri chegarasidan chiqib ketadi. Shuning uchun bu asar jahon adabiyoti durdonalari qatoridan joy olgan. Shayx Sa’diy o’z zamonasining etuk peadgogi, dono, insondo’st, murabbiy shoiri, chuqur psixologik olimi bo’lgan. Sa’diy Sheroziy ko’p sayohat qilib, hayot tajribasi orttirgan bilimdon. U ko’chada sargardon, non topolmay, ularni qutqarish, ularga to’g’ri yo’lni ko’rsatib berishni o’zining burchi deb hisoblaydi.
Chu ko’rding kishi yo’linda gohdir,
Indamay o’tirsang katta gunohdir.
U shunday der ekan, boshqalarga ham shu burchni o’qtiradi. Sa’diy Sheroziy nazarida inson faqat o’zi uchun emas, boshqalar taqdiri uchun ham butun bashariyat uchun ham javobgar.
Insonni ko’zini ochishga, unga yashamoq yo’llarini o’rgatishga, umrini ba-ishlagan savdiy hayotda insonni pok, irodali, kuchli va mag’rur ko’rishni istaydi. Insoniy qadr qimmatini u birinchi galda mehnatda, o’z mehnatiga, bilimli va hunariga tayanishda birovga xor bo’lmaslikda deb tushunadi va shunday ta’lim beradi.
O’z mehnatidan non egan kishi Xotam minnatidan ozod yoz-kishi. Sa’diy Sheroziy bundan tashqari, siyosiy-ijtimoiy masalalarga katta e’tibor beradi, oila tarbiyasi qanday bo’lishi kerak. Oilada bolani qaysi tomonlariga e’tibor berish kerakligini ayniqsa juda aniq ko’rsatib bergan. Sa’diy Sheroziy shunday deydi-«Oila tarbiyasi haqida». Oilada o’g’il bola: o’n yoshdan o’tganidan keyin unga katta e’tibor berishi kerak, yaxshi boqish kerak, u shu yoshdan o’tishi bilan beadab, farosatsiz nomahramlardan yiroq, uzoqroq yursin deydi. Agar inson dunyodan yaxshi o’ynab-kulib, nom qoldirib o’tmoqchi bo’lsa, bolaga mehnat qilishni, hunar o’rganishni, bilim olishni, o’rgansin. Agarda bolani erkalatib, taltaytirib, mehnatni qildirmay katta qilsa (ular0 u ota-ona dunyoda ko’p qiyinchiliklar, jafo chekadi deydi:

Download 140.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling