Adabiyotning o‘quv fani sifatidagi xususiyatlari Bajardi: Ag’zamova Sabina «Adabiyot»


Download 0.54 Mb.
Sana25.08.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1670229
Bog'liq
Sabina Agzamova 319-guruh 1-mustaqil ish


Adabiyotning o‘quv fani sifatidagi
xususiyatlari
Bajardi: Ag’zamova Sabina
«Adabiyot» arabcha so‘z boiib, u «odob» (ko‘plik shakli «adab») so‘zidan olingan. Odob-axloq esa insonni mukarram etuvchi, uni barcha mavjudotlardan ulug‘vor qiluvchi hodisadir. Odob-axloq insonni barcha mavjudotlardan ustun qiluvchi hodisagina bo‘lib qolmasdan, balki kishilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, dunyoning osoyishtaligi, tinchligini ta’minlovchi, odamlarning aql-tafakkurini ravshan etuvchi tayanch omil hamdir. Shu boisdan asosi «odob», «adab» bo‘lgan adabiyotga azal-azaldan jamiyat ma’naviyatining poydevori sifatida qaralgan.
Adabiyot atamasi azal-azaldan kishilar turmushida juda keng qoilangan bo‘lishiga qaramasdan, uning mohiyatini to‘la-to‘kis ifoda qiladigan yagona so‘z topilmagani juda qiziqdir. Masalan, «литература» so‘zi adabiyotning yozma xususiyatini ifoda qiladi. «Literatura» «yozilgan, bosilib chiqqan, chop etilgan yozuv mahsulotlari» demakdir. Chunki lotincha «litera»dan hosil bo'lgan bu so‘z «harf» degan ma’noni bildiradi. Biroq, adabiyotning yozma shakli Bilan birga uning og‘zaki shakli ham mavjuddir. Qolaversa, folklor, ya’ni xalq og‘zaki adabiyoti yozma adabiyotdan awal paydo bo'lgan. U yozma adabiyotning maydonga kelishiga asos, poydevor sifatida kishilik jamiyati tafakkuri tarixi, xayoloti va dunyoqarashi rivojini o‘zida aks ettirgan. Shu boisdan: «Adabiyotning yozma va og‘zaki xususiyatini ingliz tili-da qo‘llanadigan «literatura» terminidan ko‘ra nemischa «wortkunst» yoki ruscha «slovesnost» so‘z!ari o‘zida aniqroq mujassamlashtiradi», deb yozadi AQSHlik adabiyotshunoslar R. Uellek va O.Uorren (Теория литературы).
Adabiyotning tabiati, vazifalari xususida barcha davrlarda juda ko‘plab asarlar yozilgan. Jumladan, sho‘ro siyosati hukm surgan davrda ham rus, o‘zbek va boshqa xalqlar olimlari tomonidan adabiyot haqida qator tadqiqotlar yaratilgan. Ularda adabiyotning paydo bo‘lishi, rivoji, shakllanishi, janrlari tabiati, adabiyotdagi an’anaviylik va yangilanish jarayonlari xususida mulohazalar ilgari surilgan.
Ijtimoiy fanlar bilan yaqin munosabat va ijtimoiy tarixga yuz o‘girib aytish mumkinki, tarixiy fanlar va adabiyot orasida aloqa bor edi. Bu tendensiya Gabriel Spigel asarida tarix, ijtimoiy nazariya va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog’liq holda tahlil etilgan. Taniqli mantiqchi Viliyam Spigel: «Yangi tendensiyalar tarixi» to‘plamida dalil, lingvistika, tahrir, adabiyot va tanqidiy nazariya, til va madaniy burilishlar o'zaro bog‘liq», deya ta’rif beradi.
Adabiyotshunoslikning o‘rganadigan manbasi adabiy-badiiy asarlar va ular yaratilgan sharoit, muhitdir. Bundan ayonlashadiki, adabiyotshunoslik juda ko‘p fan, sohalar, xususan, tarix bilan uzviy bog‘liq holda ish tutadi. Ayni choqda, barcha fanlar turli tarmoq, bo‘limlarga ajralgani singari adabiyotshunoslik ham muayyan tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Bular: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi, matnshunoslik, manbashunoslik, bibliograflya, adabiyotshunoslik metodologiyasidir. Ularning har biri adabiyot hodisalarini ma’lum bir yo‘nalish, nuqtayi nazardan o‘rganadi. Barchasining bosh obyekti esa adabiy-badiiy asarlar sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
  • Adabiyot o‘qitish metodikasi .Qunduzxon Husanboyeva. Roza Niyozmetova
  • O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi. Qozoqboy Yo‘ldosh. Muhayyo Yo‘ldosh

Internet saytlari:
  • http: //w w w .zivonet.uz
  • http: //w w w .google.uz
  • http: //w w w.dissercat.com
  • http: //w ww.m su.ru

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling