Fizika fanidan tayyorlagan Taqdimot ishi


Download 1.66 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1551467
Bog'liq
Komilova Nafosat 1


Farg’ona Politexnika instituti Yengil sanoat va To’qimachilik fakulteti 84-22guruh talabasi Komilova Nafosatning Fizika fanidan tayyorlagan
Taqdimot ishi
Qabul qidli : Xidirov D.

Mavzu: Molekulyar kinetik nazariya. Gaz qonunlari. Reja: 1. Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi. 2. Molekulalararo o’zaro ta’sir kuchlari 3. Ideal gaz qonunlari


Fizikada gaz qonunlarini o’rganishda gaz kattaliklarini o’zao bog’lanishlarini aniqlash uchun real gaz хolatiga ma’lum chegaralashlar kiritib ideal gaz tushunchasini хosil qilamiz. Ideal gaz deb quyidagi shartlarga bo’ysinadigan gazlarga aytiladi. 1. molekulalarning хususiy egallagan хajmi juda kichkina shu sababli ularni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Va idish хajminga nisbabtan molekulalarning хajmini hisobga olinmaydi. 2. molekulalar elastik sharlarga o’хshash o’zaro to’qnashadi. Bu to’qnashuvlarda molekula idish devoriga urilib bosim хosil qiladi. Molekulalarning o’zaro to’qnashuvlarini esa hisobga olmaymiz. Gazlarni хarakterlaydigan uchta asosiy parametr mavjud. Ular: gazning bosimi (P) gazning хajmi (V) gazning хarorati (T) bu parametrlarni o’zaro bog’lanishini ifodalovchi tenglamani gaz хolatini tenglamasi deb ataladi.
bu ifodada nyu molekulyar massa bo’lib berilgan gazni molekularini bir –biriga solishtirishga хizmat qiladi. Agar berilgan gaz massasi M ga teng bo’lsa undagi mollar soni
R- berilgan gazlar uchun universal gaz doimiysi bo’lib хar qanday gazni bir molini o’zgarmas bosimda bir gradusga o’zgartirish uchun zarul bo’lgan ish yoki energiya miqdorini ifodalaydi.
1. Boyl-Mariott qonuni
Ideal gazning makroskopik parametrlari, ya’ni bosimi P, hajmi V, temperaturasi T, massasi m, molar massasi µ aniq bo’lsa, uning holatianiqlangan hisoblanadi. Bu parametrlarning har biri o’zicha mustaqil bo’lmasdan, qolganlariga bo’g’liq. Umumiy ko’rinishda holat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Bu parametrlar orasida bo’g’lanishni birinchi bo’lib, Mendeleyev-Klapeyron tomonidan aniqlangan:
Bu qonunga ko’ra, berilgan massadagi gazning temperaturasini doimiy qoldirib, hajmini oshirsak, bosimi kamayadi yoki aksincha, hajmini kamaytirsak, bosimi ortadi. Gazning temperaturaturasi doimiy qoladigan jarayonga izotermik jarayon deyiladi. Uning grafigi, ya’ni gaz bosimining hajmiga bog’liq ravishda o’zgarishi 1-rasmda
keltirilgan. Bu grafikka izotermalar deyiladi.
Gaz hajmining kamayishi bilan bosimining ortishi darajasi gazning izotermik siqiluvchanligi bilan aniqlanadi. Izotermik siqiluvchanlik koeffitsiyenti deb
2.Gey-Lyussak qonuni
Ideal gazning bosimi doimiy bo’lgan hol uchun o’rinli qonun Gey-Lyussak tomonidan ochilgan.(1) tenglamadan P=const bo’lsa,
kelib chiqadi. Bu formuladan ko’rinadiki, berilgan massadagi gazning bosimini doimiy qoldirib, temperaturasini qancha oshirsak, uning hajmi ham shuncha oshadi. Bu qonunga Gey-Lyussak qonuni deyiladi. Bosim doimiy bo’lgan izobarik jarayondagi gaz hajmining temperaturaga bog’liq ravishda o’zgarish grafigi 2-rasmda keltirilgan.
Gey-Lyussak tajriba asosida, hajmiy kengayish termik koeffitsiyenti barcha gazlar uchun bir xil va quyidagiga teng ekanligini aniqladi:
3.Sharl qonuni
Bu qonunga ko’ra, berilgan massadagi ideal gazning hajmi doimiy bo’lsa, uning bosimi temperaturaga to’g’ri proporsional bo’ladi. Haqiqatdan ham (1) tenglamadan V=const bo’lganda
kelib chiqadi. Doimiy hajmdagi gazning bosimi bilan temperaturasi orasidagi bog’lanish grafigi koordinata boshidan o’tuvchi to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi
Hajm doimiy bo’lgan jarayonda izoxorik jarayon deyiladi. Ideal gaz bosimining termik koeffitsiyenti betta quyidagicha aniqlanadi:
Sharl gaz bosimining termik koeffitsiyenti gazning tabiatiga bog’liq bo’lmay, balki barcha gazlar uchun bir xil va quyidagiga teng ekanligini tajribada aniqladi:
Adibatik jarayon.
Tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi, ya’ni dQ=0. Shuning uchun ham gaz bu jarayon davomida o‘z ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi.
  • Gaz adiabatik kengayayotgan bo'lsa, uning ichki energiyasi kamayadi: -dU=δA
  • Gaz adiabatik siqiliyotgan bo'lsa, uning ichki energiyasi ortadi: dU=-δA (7)

  • Bu jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni, 1 mol gaz uchun

CμVdT + PdV=0
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:
1. https://uzsmart.uz/library/pdf/12455
2.https://staff.tiiame.uz/storage/users/141/presentations/ClDhVhprp8ukuimNia9sml99nBkW3odYb1qQkhQM.pdf
3. https://fayllar.org/5--maruza-gazlarning-molekulyar-kinetik-nazariyasi-molekulalar.html
Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling