Statistik ko’rsatkich


Download 29 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi29 Kb.
#194995
Bog'liq
6-mavzu


6.Tasviriy statistika ko’rsatkichlari

Statistik ko’rsatkich – bu o’rganilayotgan satistik to’plam biron-bir xususiyatining umumlashtiruvchi tavsifidir. Statistik ko’rsatkichlar quyidagi miqdorlar ko’rinishida ifodalanadi.

Statistikada mutlaq miqdorlar deb, u yoki bu ijtimoiy xodisalarning miqdori va hajmini ma’lum vaqtda, ma’lum joyda tavsiflaydigan ko’rsatkichlarga aytiladi. Masalan, xo’jalik bo’yicha chorva mollar soni, ishchilar soni, ekin maydoni va shu kabilar kiradi. Mutlaq miqdorlar sanash, o’lchash, hisob yo’li bilan hosil qilinadi.

Yakka mutlaq miqdorlar deb, o’rganilayotgan to’plamning alohida birliklarini tavsiflanishi tushuniladi. Masalan, guruhlardagi har bir talaba, fermer xo’jaligidagi ayrim ekinlar maydon, bir xodimning olayotgan ish haqi va shu kabilar kiradi.

Umumiy mutlaq miqdorlar deb, o’rganilayotgan to’plamning har bir birligini emas, balki uning yig’indisini ta’riflovchi miqdorlar tushuniladi. Masalan, guruhdagi jami studentlar soni, fermer xo’jaligidagi jami ekin maydoni, barcha ishlovchilarning ish haqi fondi va shu kabilar kiradi.

Natura o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan xodisalarning ichki xususiyatini ifodolovchi og’irlik, uzunlik, hajm va boshqa birliklar tushuniladi.

Qiymat o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalar pul ko’rinishida o’z aksini topadi. Masalan, O’zbekistonda so’m va tiyinda (1994 yil 1-iyulda milliy valyutamiz joriy etildi), AQSh da dollar va tsentda, Rossiyada rubl va kopeekda hisoblanadi va shu kabilar kiradi.

Kompleks o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarni ifodalashda ikki va undan ortiq o’lchov birliklarining o’zaro birikmasidan iboratligini tushunamiz. Masalan, yuk tashishda – t/km, iste’mol etilgan elektr energiya - kv/soatda va shu kabilar kiradi.

Shartli natura o’lchov birligi. Bunda o’rganilayotgan ijtimoiy xodisalarning ma’lum xislatga ega bo’lgan shu to’plamdagi bir ijtimoiy xodisani shartli bir birlik qilib olib, shu to’plamdagi boshqa xodisalarni maxsus koeffitsientlar yordamida shu birlikka keltirib hisoblashni tushunamiz. Bu hisoblarni quyidagi jadvallarda keltirilgan misollar orqali ko’rib chiqamiz. (27 va 28-jadvallarga qarang).

Nisbiy miqdorlar – ikki va undan ortiq mutlaq miqdorlarni bir-biriga taqqoslash natijasida olingan umumlashtirilgan ko’rsatkichlar.
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling